4. O`yinli texnologiyalarning turlari. Pedagogik o`yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o`yin
metodikasi, soha xususiyati, o`yin muhiti bo`yicha tasnif qilingan.
Oliy ta’lim amaliyotida tadbirkorlik o`yinlariga alohida ahamiyat beriladi. Tadbirkorlik o`yinlari nazariyasi umuman boshqa o`yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog`langan.
Tadbirkorlik o`yinlarini mashhur psixologlar L.S.Vigodskiy, A.N.Leontev, P.YA.Galperin va boshqalarning ishlarida nazariy asoslangan.
Tadbirkorlik o`yinlari o`z harakteriga ko`ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi.
Tadbirkorlik o`yinlari bilish va o`qitishning vositasi sifatida XX asrning 20- yillarida gurkirab rivojlandi. Tadbirkorlik o`yinlariga taqlidiy o`yinlar bilishning vositasi sifatida asos bo`ldi. Taqlidiy o`yinlarga o`z navbatida harbiy va harbiy- siyosiy o`yinlar asos bo`lgan.
A.A.Verbiskiy tadbirkorlik o`yinlariga o`qitishning ishoraviy-kontekst shakllari sifatida qaraydi. Uning fikricha, tadbirkorlik o`yinlarida mashq qilish faoliyati va bo`lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir sun’iy va tabiiy tizim sifatida o`zaro nisbatlanadi. Shu tufayli tadbirkorlik o`yinlari kasbiy faoliyatning ishoraviy modellari sifatida belgilanadi, uning konteksti (mazmuni) ishora vositalari, ya’ni tabiiy tilni ham hisobga olgan modellashtirish, taqlid va aloqa yordamida beriladi.
A.A.Verbiskiy oliy o`quv yurtining vazifasini bunday o`qitishda, ya’ni talabani bir yetakchi faoliyat tipi (o`quv) dan boshqa (kasbiy) tipga faoliyatning predmeti, motivi, maqsadi, vositasi, usul va natijalarini maqsadga muvofiq yo`naltirilgan (o`zlashtirilgan) holda o`tkazishni ta’minlash deb biladi.
Tadbirkorlik o`yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi:
1.Ishlab chiqarish imitasion modeli sifatida taqdim etilgan o`quv materiali mazmunining izchilligi;
2.O`yinli o`quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish;
3.O`quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug`dirish va ularni amalda qo`llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish;
4.O`yinning ta’limiy va tarkibiy samaradorligi yig`indisi;
5.O`yinni olib boruvchi o`qituvchining talabalar faoliyatini tashkil etish va boshqarishga o`tishni ta’minlashi;