o`quv jarayoniga didaktik vazifa o`yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
Didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o`yin natijalari bilan bog`lanadi.
Quyida « Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari» fanini o`qitishda didaktik o`yinli mashg`ulotlardan ayrimlarini ko`rsatib o`tamiz.
Didaktik o`yinli mashg`ulotlar orasida anjuman mashg`ulotlari ham muhim o`rin tutadi. Anjuman mashg`ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo`shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Anjuman mashg`ulotini o`tishdan avval mashg`ulot mavzuini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo`shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko`zdan kechiriladi. Mashg`ulotni o`tkazishdan bir hafta oldin mashg`ulot mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko`rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg`ulotda «IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan rivoji» mavzusida “Buyuk allomalar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash talabalarning ixtiyorida bo`ladi.
Ilmiy anjuman mashg`ulotini quyidagicha o`tkazish tavsiya etiladi: 1. O`qituvchining kirish so`zi. Bunda o`qituvchi mashg`ulotning mavzui, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “Buyuk allomalar” bilan talabalarni tanishtiradi.
2.Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. “Buyuk allomalar” mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko`rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
3. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda “Buyuk allomalar” va guruhdagi boshqa talabalar o`rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o`tkaziladi.
4. Ilmiy anjuman yakuni. O`qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g`oyalarni ta’kidlab, darsni yakunlaydi.
5. Talabalarni baholash. Mashg`ulotda faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
6. Uyga vazifa berish.
7. Mashg`ulotni umumiy yakunlash.