O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə22/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

D.I.Mendeleevning davriy qonuni.Kimyoviy elementlarni sistemaga solishga bo’lgan urinishlarning barchasi
faqat elementlarning sinflarga bo’lish maqsadini ko’zlagan bo’lib, ayrim elementlarning o’xshash kimyoviy xossalariga 
asoslanib, guruhlarga birlashtirishdan nariga o’tmadi. D.I.Mendeleevdan avval olib borilgan ishlarning hech birida
kimyoviy elementlar orasida o’zaro uzviy bog’lanish borligi aniqlanmadi.
D.I.Mendeleev birinchi bo’lib hamma kimyoviy elementlar orasida qonuniy bog’lanish borligini kashf etdi. U
elementlar sistematikasini yaratishda asos qilib, ularning nisbiy atom massalarini oldi.
1869 yilda D.I.Mendeleev o’sha zamonda ma’lum bo’lgan barcha elementlarni ularning atom massalari ortib 

borishi tartibida bir qatorga joylashtirdi va elementlarning xossalari ma’lum oraliqlarda, ya’ni davriy takrorlanishini


aniqladi. Mendeleev kashf etgan bu qonun davriy qonun deb yuritildi, uni Mendeleev quyidagicha tarifladi: «Oddiy 


jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massalariga 

davriy ravishda bog’liq bo’ladi». 
D.I.Mendeleev davriy qonunni kashf etishda elementlarning atom massa qiymatlari hamda ularning fizik va
kimyoviy xossalariga e’tibor berdi.
Davriy ravishda o’zgaradigan, ya’ni bir necha elementdan keyin qaytariladigan kimyoviy xossalari quyidagilar-
dan iborat:
1) elementning valentligi, 2) elementning yuqori oksid hamda gidroksidlarining shakllari, 3) ularning asos yoki 

kislota tabiati, 4) elementlar oksidlarining gidratlanishga intilishi va boshqalar. Elementlarni quyidagi fizik xossalaridan


davriylik uchraydi: 1) atom hajmlari, 2) atom va ionlarning radiuslari, 3) optik spektrlari, 4) ionlanish potensiallari, 5) 
suyuqlanish va qaynash temperaturalari va boshqalar. Lekin elementlarning yadro zaryadlari, atom massalari, atom is-
siqlik sig’imlari davriy ravishda o’zgarmaydi. 
Bir-biriga o’xshash elementlarning sirtqi va sirtqidan oldingi qavatlarida elektronlarning joylashishi ham biri-

birinikiga o’xshash bo’ladi. Elementlar xossalarining davriy o’zgarishiga sabab atomda elektronlarning ketma-ket joy-


lashishi va har qaysi qavatda ma’lum sondagi elektronlarning mavjudligidir. 
Elementning tartib nomeri shu element atom yadrosining musbat zaryadiga tengdir. Atom tuzilishi nazariyasiga 

binoan davriy qonun quyidagicha ta’riflanadi: oddiy modda (element) larning xossalari, shuningdek elementlar biri-




Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin