«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
28
Davrda atom radiusi, umuman, chapdan o’ngga tomon kamayib boradi. Bu yadro zaryadi ortganda elektronlarn-
ing tortilish kuchi ko’payishi bilan tushuntiriladi. Guruhchalarda yuqoridan pastga tomon atom radiusi kattalashib bora-
di. Bu holda qo’shimcha elektron qavat paydo bo’lishi hisobiga atomning hajmi va demak, uning radiusi kattalashadi.
Atomning ionlanish energiyasi — element atomidan elektronni ajratish uchun zaruriy energiyadir; bunda
tegishli kation hosil bo’ladi. Bu energiya odatda elektronvoltlarda ifodalanadi. Bitta davr elementlari uchun ionlanish
energiyasi chapdan o’ngga tomon ortib boradi, chunki yadroning zaryadi ortadi. Guruhchada yuqoridan pastga tush-
ilganda elektronning yadrodan uzoqligi ortganligi sababli ionlanish energiyasi kamayadi.
Ionlanish energiyasi elementlarning kimyoviy xossalarini belgilaydi. Uning kattaligi elektronning yadro bilan
bog’lanish puxtaligini xarakterlaydi va elementning metallilik o’lchami bo’lib xizmat qiladi. Masalan, ionlanish ener-
giyasi kamroq bo’lgan ishqoriy metallar yaqqol ifodalangan metallik xossalarini namoyon qiladi. Nodir gazlarning
kimyoviy inertligi ularning ionlanish energiyasi yuqoriligi bilan bog’liq.
Atomlar elektronlar beribgina qolmay, ularni biriktirib olishi ham mumkin. Bunda tegishli anion hosil bo’ladi.
Atomga bitta elektron birikkanida ajralib chiqadigan energiya
elektronga moyillik deyiladi. Odatda elektronga moyillik
ionlanish energiyasi singari elektronvoltlarda ifodalanadi. Ayrim elementlarning elektronga moyillik qiymati noma’lum,
ularni o’lchash ancha qiyin.
Elektronga eng moyil elementlar VII-guruh elementlari galogenlardir.
Elektromanfiylikka hozirgi ta’rifni 1932 yilda Amerika olimi L.Poling berdi. U birinchi elektromanfiylik shkal-
asini ham taklif etdi. Poling ta’rifiga ko’ra elektromanfiylik molekuladagi atomning elektronlarni o’ziga tortish xususiya-
tidir. Ravshanki, nodir gazlarda elektromanfiylik bo’lmaydi, chunki ular atomlarining tashqi pog’onasi to’lgan va bar-
qaror. Elektromanfiylikni miqdor jihatdan xarakterlash uchun atomning ionlanish (J) va elektronga moyillik (E) ener-
giyalarini arifmetik yig’indisiga teng energiyani hisoblash taklif etilgan, ya’ni
X = J + E
bu yerda: X – atomning va elementning elektromanfiyligi.
Misol uchun ftor va litiy uchun X ni topamiz. Ma’lumotnoma (spravochnik) jadvallaridan quyidagilarni topamiz:
J
F
= 17,42 eV;
E
F
= 3,62 eV;
J
Li
= 5,39 eV;
E
Li
= 0,22 eV.
Bu holda
X
F
= 17,42 + 3,62 = 21,04 eV,
X
Li
= 5,39 + 0,22 = 5,61 eV;
Ftorda J + E ning qiymati eng katta, shu sababli u eng elektromanfiy element hisoblanadi.
Ishqoriy metallar atomlarining elektromanfiyligi eng kichik qiymatga ega.
Odatda Li ning elektromanfiyligi 1 ga teng deb olingan va boshqa elementlar nisbiy elektromanfiyligining
oddiy va taqqoslash uchun qulay bo’lgan kattaliklar olinadi (uni
x orqali belgilaymiz):
x
Li
=1,
x
F
=21, 04/5,61
4 va hakozo.
Hozirgi vaqtda atomlarning elektron tuzilishi va ularning radiuslari haqidagi ancha aniq ma’lumotlar asosida
tuzilgan jadvaldan (1-jadval) keng foydalaniladi.
1-jadval