F
:
——>
: F
: F
:
..
..
..
..
Azot atomida oktet hosil bo’lishi uchun uch elektron yetishmaydi. Ikki atom azotdan azot molekulasining hosil
bo’lishini quyidagicha yozish mumkin:
.
.
. .
: N
+
N
:
——>
: N
. .
N
:
.
.
. .
Lengmyur birikuvchi atomlar orasida hosil bo’ladigan elektron juftlarning soni shu element valentligiga teng
deb qabul qildi. Masalan, ammiak molekulasida azot uch valentli, vodorod bir valentli, yani N–H ning hosil bo’lishida
azotning uch elektroni ishtirok etdi. Bir jufti ishtirok etmaydi. Ana shunday bog’lanishda ishtirok etmay qoladigan el-
ektronlar jufti ajralmaydigan juft elektronlar deb ataladi.
Lyuis va Lengmyurning kovalent bog’lanish haqidagi elektron nazariyasi murakkab bo’lmagan moddalardagi
kimyoviy bog’lanishni izohlab beradi, lekin murakkab tuzilishli moddalar, masalan kompleks birikmalardagi kimyoviy
bog’lanishni atom orbitallar (yoki valent bog’lanishlar usuli) va molekulyar orbitallar usuli yordamida to’la tushuntirib
berilishi mumkin.
Demak, atomlarning elektron juftlar vositasida bog’lanishi kovalent bog’lanish deb ataladi.
Kovalent bog’lanish bir xil bo’lmagan ikki atom orasida hosil bo’lsa elektron juft ikki atomga nisbatan sim-
metrik joylashmaydi. Bu molekulalarda qarama-qarshi zaryadlarning «og’irlik markazlari» bir nuqtada yotmaydi.
Shuning uchun ular polyar (qutbli) molekulalar deb ataladi va bog’lanish qutbli kovalent bog’lanish deyiladi. Qutbli
birikmalarga suv, ammiak, vodorod ftorid va boshqalar misol bo’ladi. Suv molekulasida elektron juftlar vodorod atomi-
dan kislorod atomi tomonga surilgan bo’ladi.
Ko’p atomli murakkab moddalarda molekulaning bir qismidagi atomlar o’zaro polyarmas yoki polyar
bog’lanish bilan, ikkinchi qismidagi atomlar esa ion bog’lanish bilan birikkan bo’ladi. Masalan, KHSO
4
moddasida K-O
bog’lanish ionli, H-O, S-O bog’lanishlar qutbli kovalent xarakteriga egaligini ko’rish mumkin. Shuningdek, H
2
O
2
mole-
kulasida H-O bog’lanish qutbli va O-O bog’lanish qutbsiz xarakterga ega bo’ladi.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
27
Dostları ilə paylaş: |