O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


-ma’ruza  KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI. REAKSIYA TEZLIGIGA TA’SIR ETUVCHI



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə35/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

8-ma’ruza 

KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI. REAKSIYA TEZLIGIGA TA’SIR ETUVCHI 

OMILLAR 


Reja: 


1. Kimyoviy reaksiya tezligi. 

2. Kimyoviy reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog’liqligi. 

Massalar ta’siri qonuni. 

3. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi. Vant-Goff qonuni. 

4. Gomogen va geterogen kataliz. 


Muammoli savollar: 


1. Molekulalar uchrashuvi xar doim ham kimyoviy reaksiyalarga olib kelishi mumkinmi? Mumkin bo’lsa 

qanday faktorlarga bog’liq? 

2. Vant-Goff qonuni bo’yicha harorat har 25 

O

C ga ko’tarilganda qonunning ifodasi qanday ko’rinishga 

ega bo’ladi? 

3. Aktivlanish energiyasi qanday omillarga bog’liq bo’ladi? 

4. Nima uchun ba’zi sintezlar katalizator ishtirokida boradi, ba’zilarida katalizator ishtirok etmaydi? 


Kimyoviy reaksiya tezligi. Kimyoviy reaksiyalar turli xil tezlikda sodir bo’ladi. Ulardan ba’zilari sekundning 
mingdan bir ulushida sodir bo’lsa, ayrimlari minutlar, soatlar, kun, oylar va yillar davomida amalga oshadi.
Shunday reaksiyalar ham ma’lumki, ular sharoitga qarab tez va sekin amalga oshishi mumkin, masalan: yuqori 
haroratda tez, sovuqda sekin borishi mumkin. Bu reaksiyalarning tezliklari orasidagi farq katta bo’lishi mumkin.
Modda va moddalar yig’indisiga kimyoda sistema deyiladi. Sistemalar gomogen va geterogen sistemalarga 
bo’linadi.
Bir xil fazadan tashkil topgan sistema gomogen, har xil fazadan tashkil topgan sistema geterogen sistema deb 
ataladi. Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlari bilan ajralib turuvchi qismiga faza deb ataladi. Gomogen
sistemaga gazlar aralashmasi, chin eritmalar, metallarning qotishmasini, geterogen sistemalarga esa dag’al dispers 
sistemalar, aralashmalar va hokazolar misol bo’ladi.
Gomogen sistemada boradigan (gomogen reaksiyalar) va geterogen sistemada boradigan (geterogen 
reaksiyalar) reaksiyalar bir birlaridan farq qiladi.
Gomogen sistemada reaksiya sistemaning butun hajmi bo’yicha ketadi. Masalan, sulfat kislotasiga natriy 
tiosulfat eritmasi aralashtirilsa, butun hajmi bo’yicha oltingugurt hosil bo’lib, eritmaning loyqalanishi kuzatiladi:
H

2
SO


4

+ Na
2


S

2
O


3

= Na
2


SO

4
+ H

2
O + SO

2
+ S


Geterogen sistemalarda esa sistemani tashkil etuvchi fazalar sirtidagina reaksiya amalga oshadi. Masalan, 


metallning kislotada erishi:
Fe + H

2
SO


4

= FeSO
4


+ H

2

Bu reaksiya faqat metall sirtida sodir bo’ladi, chunki reaksiyaga kirishuvchi ikkala modda shu sirtda bir biri bi-

lan to’qnashadi.


Gomogen reaksiya tezligi geterogen reaksiya tezligidan farq qiladi va ular har xil aniqlanadi. Gomogen reaksi-
yaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan yoki hosil bo’layotgan moddalardan birortasining konsentratsiyasini vaqt birligi
ichida o’zgarishi bilan aniqlanadi. Geterogen reaksiyaning tezligi esa vaqt birligi ichida faza sirtining yuza birligida 
reaksiyaga kirishgan yoki hosil bo’lgan moddalarning miqdori bilan aniqlanadi.
Gomogen reaksiya tezligini matematik usulda quyidagicha ifodalanadi. 
t
С

V


гомоген

Geterogen reaksiya tezligi:


t
S

n
V


гетероген






Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin