O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


Kimyoviy reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog’liqligi. Massalar



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə36/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Kimyoviy reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog’liqligi. Massalar 

ta’siri qonuni. Kimyo sanoatida moddalarni ishlab chiqarish apparatlarining o’lchami va unumdorligi, hosil qilinadigan
mahsulot miqdori reaksiyaning tezligiga bog’liq. Mahsulot moddalari unumdorligini oshirish va chiqindi moddalar mi-



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
37
qdorini kamaytirish kimyo sanoatining muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun kimyoviy reaksiyalar va ularga ta’sir
etuvchi omillar o’rganiladi. Kimyoviy reaksiyalar tezliklari haqidagi kimyoning bo’limi kimyoviy kinetika deyiladi. 
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasi, harorat, katalizator, moddalar tabiati va
boshqa omillarga bog’liq. 
Moddalar konsentratsiyalarining kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sirini ifodalovchi qonun 1867 yilda norvegiya-
lik olim K.Guldberg va P.Vaage tomonidan taklif etilgan bo’lib, massalar ta’siri qonuni deb ataladi: 


O’zgarmas haroratda kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari 

ko’paytmasiga to’g’ri proporsionaldir. 
A + B = C

reaksiya uchun:


v = k [A][B]
bo’ladi.
bu yerda:

v - reaksiya tezligi;


k - tezlik konstantasi;
[A],[B] - reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari, mol/l.
Agar aA + bB = C bo’lsa, 

v = k[A]

a
[B]

b
bo’ladi. 

Massalar ta’siri qonunini azot(II)-oksidning oksidlanish reaksiyasi misolida quyidagicha ifodalanadi: 
2NO + O

2
= 2NO

2
v = k [NO]

2
[O


2

].
Geterogen reaksiyalarda massalar ta’siri qonuni tenglamasiga faqat gaz yoki suyuq fazalarda bo’lgan modda-


larning konsentratsiyalari kiritiladi. Masalan:


C + O

2
= CO

2
reaksiyasi uchun 

v = k [O


2
]

bo’ladi.




Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin