O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə38/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Gomogen va geterogen kataliz. Kimyoviy reaksiya tezligini orttirib, o’zi kimyoviy reaksiyada ishtirok
etmaydigan moddalar katalizatorlar deyiladi. Katalizatorlar ishtirokida boradigan reaksiyalar katalitik reaksiyalar 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
38
deyiladi. Kataliz ham gomogen va geterogen katalizlarga bo’linadi. Katalizator aktivligini pasaytiruvchi moddalar

katalitik zaxarlar deyiladi.
Kimyoviy reaksiya tezligini katalizatorlar ishtirokida o’zgarishi kataliz deb ataladi. Ba’zi katalizatorlar reaksi-

yani juda tezlashtiradi, bu — musbat kataliz deyiladi. Masalan, sulfat kislotani ishlab chiqarishda SO


2
ning oksidlanib 

SO
3


ga aylanishi musbat katalizga misoldir. Boshqa katalizatorlar reaksiyani sekinlashtiradi, bu — manfiy kataliz 

deyiladi. Masalan, vodorod peroksid H


2
O

2
ning parchalanish reaksiyasi tezligining ozroq miqdordagi (0,0001 mas.q.) 


sulfat kislota ishtirokida kamayishi manfiy katalizga misoldir. Reaksiya tezligini kamaytiradigan manfiy katalizatorlar
esa ingibitorlar deyiladi (ingibitorlarning ta’sir etish mexanizmi katalizatorlarnikidan farq qiladi). 
Gomogen katalizda reaksiyaga kirishayotgan moddalar bilan katalizatorlar bir fazali gaz yoki suyuq fazali
sistema hosil qiladi. Bunda katalizator bilan reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasida ajralish sirti bo’lmaydi. 
Gamogen: 

2
2


2

2
1



СО


О

СО

О

Н

 


Geterogen katalizda reaksiyaga kirishayotgan moddalar bilan katalizatorlar turli fazalardan iborat sistemani 
hosil qiladi. Bunda katalizator bilan reatsiyaga kirishayotgan moddalar orasida chegara sirti hosil bo’ladi. Odatda,
katalizator qattiq modda, reaksiyaga kirishayotgan moddalar esa gazlar yoki suyuqliklar bo’ladi. 
Geterogen:

O

H

NO

O

NH

Pt
2
2

3
3


2

2
2


5







Kimyoviy ishlab chiqarishda katalizatorlarning roli nihoyatda katta. Sulfat kislotaning olinishi, ammiak sintezi, 


qattiq ko’mirdan suyuq yoqilg’i olish, neftni va tabiy gazni qayta ishlash, sun’iy kauchuk, plastmassalar olish — bular


kattalizatorlar ishlatiladigan eng muhim ishlab chiqarishlarning bir qismigina xolos. 
Biologik sistemalarda kataliz juda muhim rol uynaydi. Bunday jarayonlarning katalizatorlari fermentlar 
deyiladi. Fermentlar oddiy yoki murakkab oqsillardan iborat. Chunonchi, so’lakda ptialin fermenti bor bo’lib, kraxmalni 
qandga aylanishini katalitik tezlashtiradi. Odam organizmida 30 000 ga yaqin turli-tuman fermentlar bo’lib, ulardan har
biri o’ziga xos reaksiyalar uchun effektiv katalizatorlik vazifasini bajaradi. 

Nazorat uchun savol va mashqlar. 

1. Kimyoviy reaksiya tezligi qanday birliklarda o’lchanadi? 
2. Reaksiya tezligi konstantasining fizik ma’nosi qanday?
3. Sirka kislota bilan etil spirti orasidagi reaksiya eritmada ushbu sxema bo’yicha boradi: 
CH
3

COOH + C

2
H
5

OH


CH

3
COOC

2
H
5

+ H
2



Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi 2 marta oshirilsa reaksiya tezligi necha marta ortadi?


4. Agar reaksiyaning 20

C dagi tezligi 0,2 mol/litr.min. bo’lsa, uning 40


C dagi tezligi topilsin (



=3).

Mavzuga oid tayanch iboralar. 

1. Kimyoviy reaksiya tezligi 
2. Gomogen va geterogen sistema
3. Massalar ta’siri qonuni 
4. Aktivlanish energiyasi
5. Vant-Goff koidasi 
6. Katalizatorlar
7. Gomogen kataliz 
8. Geterogen kataliz
9. Ingibitorlar 
Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Rahimov X.R. «Anorganik ximiya», T.: «O’qituvchi»-1984, 90-93 betlar. 


2. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. «Umumiy va noorganik kimyo», T.: O’qituvchi-1996.
3. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 
b.
4. Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003. 

5. Glinka N.L. «Umumiy ximiya», T.: «O’qituvchi»-1986, 170-178 betlar.


6. Новиков Г.И. «Основы общей химии», М.: «Высшая школа»-1988, С.178. 
7. Potapov V.M., Xomchenko G.P. «Ximiya», T.: «O’qituvchi»-1986, 78-82 betlar.




«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
39
8. Рэмсден Э.Н. Начало современной химии. – Л.: Химия, 1989. – 784 с. – Пер. изд.: Великобритания, 1985
9. .Химия: Справ. изд./ В.Шретер, К.-Х.Лаутеншлегер, Х.Бибрак и др.: Пер. с нем. – М.: Химия, 1989. – 
648 с.
10. Спицын В.И., Мартыненко Л.И. Неорганическая химия. Ч.1: Учебник. – М.: Изд-во МГУ, 1991. – 480 с. 

11. Shamshidinov I., Mo’minova B., Abdullaev M. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni. –


Namangan, 1999 y. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
40



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin