Kimyo va energetika muammolari. Hozirgi vaqtda jamiyatning moddiy farovonligi darajasi aholi jon boshiga
ishlab chiqariladigan energiya miqdoriga ko’ra belgilanadi. Uylarni isitish, tezyurar transportdan foydalanish imkoniyati
va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko’p jihatdan energiyaning yetarli ekanligiga bog’liq. Energetik muammolar
mohiyat e’tibori bilan insoniyat moddiy madaniyatining yanada o’sishi uchun real to’siq bo’lib qoldi. Buni G’arbda XX
asrning 70-yillari boshida energetik taqchillik (krizis) nomini olgan davrda ayniqsa o’tkir his qilindi. Energetik muam-
molar energetika, shu jumladan, atom energetikasini rivojlantirishning ekologik okibatlariga yetarlicha baho bermaslik
tufayli yanada qiyinlashdi
Hozirgi vaqtda energiyaning talaygina qismi kimyoviy jarayonlar, jumladan, neft, gaz va ko’mir yoqish hisobi-
ga ishlab chiqilmoqda. Yorug’lik va issiqlik energiyasini elektr energiyaga aylantirish muammolari ham kimyoviy ja-
rayonlar asosida hal qilinadi. Nihoyat, energiya olish uchun mo’ljallangan zamonaviy moslamalar, yangi konstruksion
materiallar va issiqlik tashuvchilar barpo qilishni talab etadi. Bu — energetika muammolarini hal qilishda kimyogarlar
asosiy rol o’ynaydi, degan gapdir.
Rivojlangan mamlakatlarda kimyoviy mahsulot qiymati umumiy milliy mahsulot qiymatining 16-20%ga yetadi
va bu tasodifiy hol emas: kimyo sanoati xo’jalikning energiya eng ko’p sarf bo’ladigan sohasidir. Masalan, 1 t xlor yoki
kalsiy karbid olish uchun 3,5 ming kVt/soat elektr energiya, 1 tonna alyuminiy yoki magniy ishlab chiqarish uchun esa
18 ming kVt/soat elektr energiya sarflanadi. Ilg’or mamlakatlarda kimyo korxonalari uchun sanoat sarf qiladigan butun
energiyaning 1/3 qismi sarflanadi. Buning hammasi kimyoning energetika bilan uzviy aloqasi borligidan dalolat beradi:
kimyo sanoatini energetikani rivojlantirmasdan taraqqiy ettirib bo’lmaydi va aksincha, energetikaning taraqqiyoti
kimyoviy jarayonlardan foydalanishga chamchabchas bog’liq.
Nazorat uchun savol va mashqlar.
1. Sulfat angidridning oltingugurt va kisloroddan hosil bo’lish issiqligi 288 kkal/mol bo’lsa, 1 kg oltingugurt
yonganda qancha issiqlik chiqadi?
2. CaO + 3C = CaC
2
+ CO – 108,3 kkal reaksiyada CO ning hosil bo’lish issiqligi 29,7 kkal va CaC
2
ning hosil
bo’lish issiqligi 14,1 kkal bo’lsa, CaO hosil bo’lish issiqligi topilsin.
3. Endotermik birikmalarga qaysi moddalar kiradi?
4. Ekzotermik reaksiyaga misollar yozing.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Issiqlik effekti
7. Entropiya
2. Ekzotermik reaksiya
8. Izobar potensial
3. Endotermik reaksiya
9. Hosil bulish issiqligi
4. Termokimyo
10. Yonish issiqligi
5. Ichki energiya
11. Gess qonuni
6. Entalpiya
12. Energetika muammolari
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Axmerov K.M., Jalilov A., Ismoilov A. Umumiy va noorganik ximiya. – T.: O’qituvchi, 1988.
2. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9
b.
3. Ахметов Н.С. Неорганическая химия. – М.: Высшая школа, 1998.
4. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996.
5. Glinka N.L. Umumiy ximiya. – T.: O’qituvchi, 1986.
6. Tretyakov Yu.D. va b. Ximiya va hozirgi zamon. – T .: O’qituvchi, 1990. 79-89 betlar.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
35
7. Рэмсден Э.Н. Начало современной химии. – Л.: Химия, 1989. – 784 с. – Пер. изд.: Великобритания,
1985.
8. Химия: Справ. изд./ В.Шретер, К.-Х.Лаутеншлегер, Х.Бибрак и др.: Пер. с нем. – М.: Химия, 1989. –
648 с.
9. Спицын В.И., Мартыненко Л.И. Неорганическая химия. Ч.1: Учебник. – М.: Изд-во МГУ, 1991. – 480 с.
10. Shamshidinov I., Mo’minova B., Abdullaev M. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni. –
Namangan, 1999 y.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
36
Dostları ilə paylaş: |