O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


-ma’ruza  KIMYOVIY BOG’LANISH VA UNING TURLARI



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə25/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

6-ma’ruza 

KIMYOVIY BOG’LANISH VA UNING TURLARI 


Reja: 


1. Kimyoviy bog’lanishning umumiy xarakteristikasi. 

2. Ionli bog’lanish. 

3. Kovalent bog’lanish. 

4. Donor-akseptor bog’lanish. 

5. Metall bog’lanish. 

6. Vodorod bog’lanish. 

7. Ionlanish energiyasi va potensiali. Elektromanfiylik. 

Muammoli savollar: 

1. Suv tarkibida qanday kimyoviy bog’lanishlar mavjud. Nima uchun suv doimo harakatda? 

2. Ko’pchilik p - elementlar 2 xil valentlik namoyon qiladi. Birinchisi element joylashgan guruh nomeriga

teng bo’lsa, ikkinchisi undan 2 ta kam bo’ladi? Sababini tushuntiring. 

3. Donor-akseptor bog’lanishda qaysi element ko’proq donor bo’la oladi? 


Kimyoviy bog’lanishning umumiy xarakteristikasi. Molekuladagi atomlarni ushlab turuvchi kuchlarning 
yig’indisiga kimyoviy bog’lanish deb ataladi. Kimyoviy bog’lanish vujudga kelishiga sabab shundaki, atom yoki ionlar
bir-biri bilan tasirlashganda ularning energiya zahiralari har biri ayrim-ayrim holda bo’lganlaridagiga qaraganda kamroq 
qiymatga ega bo’ladi, buning natijasida sistema barqaror holatga o’tadi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga
o’tganda uning energiya zahirasi kamaysa, bu hodisa sistemaning energetik afzallik xossasi deb yuritiladi. 
Demak, atomlardan molekulalar hosil bo’lishining sababi sistemada energetik afzallikning sodir bo’lishidir. 

Kimyoviy bog’lanish bog’lanish energiyasi, bog’lanish uzunligi va valentliklararo burchak nomli kattaliklar bilan xarak-


terlanadi. Kimyoviy bog’ni uzish uchun zarur bo’lgan energiya bog’lanish energiyasi deyiladi. Har bir bog’ uchun 
to’g’ri keladigan bog’lanish energiyasining qiymati 200-1000 kj/mol ga teng. Masalan, CH
3
F da C-F bog’lanish ener-

giyasi 487 kj/mol ga teng. Molekulada atomlar markazlari orasidagi masofa bog’lanish uzunligi deb yuritiladi.


Bog’lanish uzunligi molekula hosil qiluvchi atomlarning tabiatiga, bog’lanish turiga, element valentligiga bog’liq 
bo’ladi.
Molekulani tashkil qilgan atomlar valentliklari orasidagi burchak turlicha bo’ladi va uni valentliklararo 


burchak nomi bilan ataladi. Masalan, suv molekulasida kislorod valentliklari orasidagi burchak 104,5

ga, H

2
S da

oltingugurt valentliklari orasidagi burchak 292

20


ga teng, metanda esa uglerodning to’rttala valentliklari orasidagi 


burchak 109

28


ni tashkil qiladi. 


Atomlar o’zaro birikib uch xil zarrachalar — molekulalar, ionlar va erkin radikallar hosil qiladi. Molekula
moddaning mustaqil mavjud bo’la oladigan eng kichik zarrachasidir. Inert gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda 
bir atomli, polimer moddalarning molekulalari esa ko’p atomli hisoblanadi.
Atom yoki molekulalarning elektron berishi yoki qabul qilib olishi natijasida hosil bo’ladigan zarrachalar ion-


lar deb ataladi. Ionlar musbat va manfiy zaryadli bo’ladi. Modda tarkibida musbat va manfiy ionlar o’zaro bog’langan
bo’ladi. To’yinmagan valentlikka ega bo’lgan zarrachalar erkin radikallar deb ataladi. Masalan, -CN, -OH, -CH
3
, -NH

2
lar erkin radikallardir. Odatdagi sharoitda erkin radikallar uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi. Lekin kimyoviy jarayonlarn-


ing borishida erkin radikallar muhim rol uynaydi.


Atomdan bitta elektronni ajratib olish uchun sarflanadigan energiya ionlanish potensiali deb ataladi. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
26
Li uchun I = 5,39; Be uchun I = 9,32; F uchun I = 17,32.
Ionlanish potensiali kichik bo’lsa, metallik xossa kuchli bo’ladi va aksincha ionlanish potensiali katta bo’lsa, 
metallik xossa kuchsiz bo’ladi.



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin