6
MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA
METODIKASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Tayanch so‘z va iboralar:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, ilmiy va uslubiy
ta’minlanganlik, kasbiy tayyorgarlik, maktabgacha tarbiya, miqdor, son,
narsalarning kattaliklari, geometrik figuralar, matematik bilim,
ta’limiy faoliyatlar
,
matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi nazariyasining tarixi,
hozirgi holati va zamonaviyligi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni,O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to’g’risida”gi qonuni va “Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi talablari asosida
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh
avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari
bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug‘ma
layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini
takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak pedagogning ilmiy va
uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda miqdor va son, buyumlarning katta ligi
va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil
harakat usullarini har xil vaziyatlarda va turli ko‘rgazmali materiallar bilan ko‘p
martalab aytib ko‘rsatish ularni bolalar o‘zlashtirishlariga imkon beradi.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning
uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda
beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi,
ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.
7
Umumlashtirish
va
abstraktlashtirish
qobiliyati
predmetlarning
xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-
biriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun
bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy
bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan
bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va
ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli
va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa,
matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta
ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam
bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa
chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son
va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich
bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning
xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda
bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar.
Ilk sodda matematik tasavvurlarni shakllantirish natijasida bolalarda:
- geometrik shakllar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlar
shakllantiriladi;
- fazoviy munosabatlarni tushunish va fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmasi hosil
qilinadi;
- vaqt haqida tasavvurlar shakllantiriladi;
- miqdor (kattalik) haqida tasavvurlar hosil qilinadi;
- son va sanoq haqida bilimlar berilib, birinchi va ikkinchi o‘nlik
ichida miqdoriy munosabatlar haqida tushunchalar hosil qilinadi.
Ta’limiy faoliyatlar mavzusi, maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar,
kerakli jihozlar, ta’limiy faoliyatning borishi to‘liq yoziladi. Ta’limiy faoliyatlar
davomida mavzular bolalarga sodda holda tushuntirilib, amaliy ishlar va turli
8
interfaol o‘yinlar yordamida mustahkamlanadi. Har bir ta’limiy faoliyatning
oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beriladi.
Ta’limiy faoliyatlar davomida bolalar mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarib, turli
interfaol usullar yordamida topshiriqlarni yechib, o‘yinlarni o‘ynab, ijod qilgan
holda yangi matematik tushunchalarni o‘rganib, bilim va ko‘nikmalarini
mustahkamlab boradilar.
Agar bola masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish
uslubini, doim qo‘llab kelgan an’anaviy uslublaridan voz kechib, masalaning yangi
yechimlarini, muammoning asosiy bog‘lanish mohiyatini anglash va uni yechish
uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish, muammolardan chiqish,
oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo‘lsa, unda matematik tushunchalar
rivojlangan hisoblanadi.
Matematik bilimlar bolalarga ma’lum tizim va izchillikda berilishi, bunda
yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi
kerak. Shuning uchun ham bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bo‘linib, ular
birin-ketin o‘rganib boriladi.
Tarbiyachi har bir yosh guruhining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim.
Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash
uchungina emas, balki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich
matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida
har bir ta’limiy faoliyatning qanday muhim rol o‘ynashi va o‘rin egallashini ko‘z
oldiga keltirish uchun ham imkon beradi. Zero, ta’lim-tarbiyani izchil rivojlantirish
ona Vatanga sadoqatli, bilimli, chinakam komil insonlarni voyaga yetkazishning
asosiy shartidir.
Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy
buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi, qobiliyati,
ehtiyoji va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining ustuvorligi nazarda tutilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat
talablarini bajarish, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan
mulkchilik shakli va idoraviy tuzilishidan qat’iy nazar, barcha ta’lim muassasalari
9
uchun majburiydir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham rejalashtirilgan barcha
ishlarni amalga oshirish ko‘p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning
vatanparvarligi, insoniyligiga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi: «Biz mamlakatimizning
istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma’naviy fazilatlar egasi
bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog‘li faol munosabatda
bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga hizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha
yodda tutmog‘imiz kerak».
Yosh avlodni o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoyilik, kelajak taqdiri uchun
mas’ullikni his etish, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va
asrab-avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas
vazifa ekan, bunda barcha ta’lim - tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan
ulkan ishlarni bajarish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (29.08.1997-y)
uzluksiz ta’limning bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va
mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana
shunga bog‘liq holda respublikamizdagi pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim-
tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb vazifaga aylandi.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha
yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va
metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar
bog‘chasida matematika o‘qitish tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan
nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan maktabgacha ta’lim
tashkilotida matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish uchun bo‘lajak tarbiyachi
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi
bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini chuqur o‘zlashtirib
olmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |