Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish metodikasining predmeti. Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim
berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun
matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. MTTda matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani
o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilsa, bu bilimlar fan, texnika va
madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi?
3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish
kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni,
ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat, qobiliyatlarni egallab oladigan bo‘lishlari uchun
o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash
jarayonida bolalar shaxsining shakllanishi va garmonik rivojlanishini amalga
oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalari: darsliklar, didaktik materiallar,
ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida
o‘qitish kerak?).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning
mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish kerak?)
6. Ta’limiy faoliyat ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak?
Ta’limiy faoliyatlar jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib
samaraliroq hal qilish kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik
tizimning asosiy komponentlaridir.
Matematika fani oldida turgan maqsadlar umumiy ta’lim, amaliy va
tarbiyaviy maqsadlardan iboratdir.
Amaliy maqsadlar qatoriga bolalarning
nazariyani amaliyotga bog‘lay olishi, ularning to‘plam va son haqida; kattalik
(miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida
boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lishi, joy va vaqtni bilishi kabilar kiradi: bolalar
olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida, maishiy
12
hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq
eta bilish malakalarini hosil qilishi kerak.