psixologiyaning asoschilaridan boTgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qoTlaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi. Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq-atvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. YUqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati ijtimoiy tizimning o‘zini o‘zi tartibga solish usulidir. Mazkur usul huquqiy me’yorlar yordamida hamda mazkur tizimning tarkibiy qismlari orqali tartib va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. Jamoatchilik nazoratining xarakteri, mazmuni, yo‘naltirilganligi mazkur ijtimoiy tizimning xarakteri, mohiyati va tipi bilan belgilanadi. Jamoatchilik nazorati ibtidoiy, arxaik jamiyatlarda hozirgi rivojlangan industrial jamiyatlardagiga nisbatan mutlaqo o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Arxaik jamiyatlarda u sodda tuzilmaga ega bo‘lsa, industrial jamiyatlarda murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Sanksiyalar — jamoatchilik nazoratining elementi. Alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlarning xatti-harakatiga tezkor munosabat bildirish maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar tizimini yaratgan. Sanksiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra, alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar, muassasa va tashkilotlarning xatti-harakatiga munosabatdir. Ijtimoiy sanksiyalar tizimining vujudga kelishi