O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə3/9
tarix18.03.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#88720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narmatova shкаралди Microsoft Word (10)

Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. Konsepsiya badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar konsepsiyasi ayrim holatlarda muallifning subʼyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz konsepsiyasiga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar konsepsiyasi alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, konsepsiya bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz konsepsiyasi yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining konsepsiyasi tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar konsepsiyasi unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, konsepsiya badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. 
Bunga mazkur jarayonning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shartsharoitlarning muvofiqligi katta ta’sir o‘tkazadi. Shaxs taraqqiyotining har bir davri psixik rivojlanishning o‘ziga xos sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik psixik xususiyatlar birgalikda shaxsning rivojlanishidagi vaziyatlar majmuasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular jumlasiga shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy shart-sharoitlari, tarbiyasi va faoliyati xususiyatlari, jinsiy, tipologik va individual xususiyatlarni kiritish mumkin. Insonning, jumladan o‘smirning ijtimoiy mavqei (uning o‘quv-tarbiya muassasadagi, oiladagi o‘rni) muloqot shakllari va faoliyat turlari bilan belgilanadi. Yaponiya - kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga o‘ta jiddiy qarashadi. Bu erda har bir yoshga nisbatan ma'lum bir munosabatda bo‘linadi va ayri tarbiya usullari qo‘llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga ko‘ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkin.Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo‘lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha o‘ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog‘chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to‘ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar mavjud.Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan siylashmaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o‘z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o‘yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko‘pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o‘ynalgan o‘yinchoqlar bilan to‘lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go‘dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan», degan so‘zlarni har kuni eshitgan holda o‘sishadi. Maqsad - mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko‘r! Sen, albatta, buni uddalaysan! CHunki sen zo‘rsan!» deya qo‘llabquvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o‘zining mevasini beradi. Shvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o‘z huquqlari va majburiyatlari bor. Shuningdek, shvedlardagi bag‘rikenglik, o‘zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo‘lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo‘lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. 8-sinfdan boshlab o‘quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o‘tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo‘llari, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog‘at yoshida o‘smirlar bilishi zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlarga ega bo‘ladilar.«Save the children» deb ataluvchi Amerikadagi tashkilot har yili dunyo mamlakatlarining qaysi birida onalar va bolalar yaxshi yashashlarining ro‘yxatidan iborat Mothers Index (Onalar indeksi)ni tuzib chiqadi. Unda Shvetsiya deyarli har yili birinchi o‘rinni egallaydi. Chaqaloq dunyoga kelgach, yosh shved onalar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llabquvvatlanadi. Finlyandiya dunyodagi eng bolajon mamlakat, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Unda jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog‘cha va maktablarga borishadi. Bu yerda nogiron va sog‘lom bolaga ajratish qabul qilinmagan. O‘yin bolani rivojlantiruvchi asosiy vositadir. Ota-onalar ham bunga katta e'tibor berishadi. Fransiyada bolalarni chaqaloqlik davridanoq bolalar bog‘chasiga berish odatiy holdir. Birinchidan, bu frantsuz ayollariga ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchidan, ular go‘dakligidanoq jamoaga moslashadi va mustaqil bo‘lib o‘sadilar. 6 yoshidanoq frantsuz bolakay o‘zi mustaqil maktabga boradi, do‘kondan narsa xarid qiladi, uyda yolg‘iz qoladi. Shunga qaramay, frantsuzlar 30-35 yoshgacha ota-ona uyida yashashlari va o‘z oilasiga ega bo‘lishga shoshilmasliklari mumkin.Onalar o‘z farzandlariga ovozlarini ko‘tarib urishishsa-da, hech qachon urmaydilar. Jamiyat qator qonunlar orqali bola huquqlarini himoya qiladi. Ota-onalar va vasiy shaxslar birinchi galda bolalarning rivoji hamda sog‘ligi uchun mas'uldirlar. Germaniyada bolalarning rivojiga 3 yoshdan boshlab katta e'tibor beriladi. Onalar o‘z farzandlarini boshlang‘ich bosqichda haftada bir marta, kattaroq bo‘lganlarida bir necha marotaba maxsus rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Maqsad jamoa bo‘lib o‘ynash, o‘zaro muloqotga o‘rgatishdir. Faqatgina mazkur guruhlarga bola borganidan so‘nggina uni bolalar bog‘chasiga berishadi. Chunki farzandning bog‘chaga ko‘nikishi oson kechadi va bolalar bu erda o‘zlarini erkin his qiladilar. Bog‘chada bolaga o‘z huquqlarini, ularni hech kim xafa qilishi mumkin emasligini o‘rgatishadi. Angliyada bolalar bosqichma-bosqich tarbiyalanishadi. Chunki bu erda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko‘pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. Shuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e'tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o‘zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo‘lishni, o‘z hissiyotlarini yashirishni o‘rgatishadi. Angliya shaharlarining ko‘chalarida bolasini erkalayotgan ota-onani kamdan-kam uchratish mumkin. Ma’naviy-ahloqiy rivojlanish shaxs rivojining senzitiv davrlarida, ayniqsa, faol yuz beradi. Bunday hol shaxsning o‘z hayotidagi muayyan davrda yuksak darajadagi ma’naviy, ahloqiy, estetik va bilish ehtiyojlari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘smirlik davrida shaxs o‘zining ma’naviy-ahloqiy rivojlanishida hal qiluvchi qadamlarni qo‘yadi. Bunga mazkur jarayonning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shartsharoitlarning muvofiqligi katta ta’sir o‘tkazadi. Shaxs taraqqiyotining har bir davri psixik rivojlanishning o‘ziga xos sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik psixik xususiyatlar birgalikda shaxsning rivojlanishidagi vaziyatlar majmuasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular jumlasiga shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy shart-sharoitlari, tarbiyasi va faoliyati xususiyatlari, jinsiy, tipologik va individual xususiyatlarni kiritish mumkin. Insonning, jumladan o‘smirning ijtimoiy mavqei (uning o‘quv-tarbiya muassasadagi, oiladagi o‘rni) muloqot shakllari va faoliyat turlari bilan belgilanadi. O‘smirlik davrida bola hayotiy makonining kengayishi faqat geografik ma’noda emas (sayohat, turizm va h.k.larga intilish), shuningdek, ijtimoiy muhitning (o‘smir kirayotgan guruhning soni ko‘pligi, unda adabiyot, sa’nat, siyosat, iqtisod va h.k.ga qiziqish kuchayishi) ham yuz beradi. Lekin xayotiy makonning jiddiy o‘zgarishi zamon o‘lchovida yuz beradi. Endi bola kelajakni tasvirlashga intila boshlaydi. Yosh ulg‘ayishi bilan hayotiy istiqbol masalalalari bola ma’naviy hayotida ko‘proq o‘rin egallay boshlaydi va bu hol shaxs rivojlanishidagi eng dolzarb masalaga aylanadi. Shuning uchun ham o‘smirlik davrida kelajakka munosabatdagi xira va noaniq tasavvurlar endi aniq rejalar va harakatlar bilan almashinadi. Kelajakdagi faoliyatni o‘ylar ekan, o‘smir o‘zi tuzgan rejadan kelib chiqadi. Katta yoshlilarning kelajakka munosabati ham xuddi shunday shaklda yuz beradi.Uning kitoblardan olgan bilimlari ko‘pincha mavhum va ziddiyatlarga to‘la. Masalan, badiiy asarlarda hayotda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan yumushlarni xam bajargan qahramonlar madh etiladi. Ikkinchi tomondan esa hayotdan uzilib qolmaslik targ‘ib qilinadi. Kattalardan ibrat olish ham aksari xollarda qiyin bo‘ladi. Chunki ular og‘zida bir gapni aytishsa, ko‘pincha amalda bunga zid ishlarni bajarishadi. Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar jamiyat va shaxs ongida aks etadi. Ikkinchi tomondan, ma’naviyat sohasidagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarning miqyosiga, yo‘nalishiga va sur’atlariga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shuning uchun mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar jamiyatimiz, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar ongida o‘z in’ikosini topmoqda. O‘z navbatida mamalakatimizdagi islohotlar ko‘lami va sur’atlari ma’naviyatimizning ham tez sur’atlar bilan rivojlanishini, aksariyat hollarda esa ijtimoiy-iqtisodiy soha rivojidan ildamroq va oldinroq yurishini taqozo etmoqda. Bunday vazifani bajarish uchun ma’naviyat yuksalishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurati sezilmoqda. Ayni paytda ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa o‘smir yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ko‘lami va sur’atlariga kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan psixologik omillarning imkoniyatlaridan yetarli foydalanilmayapti. Shaxsni ma’naviy tarbiyalash uning butun umri davomida amalga oshirilishi lozim. Biroq bu vazifa individning o‘smirlik davrida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Zero bu davrda shaxsning ijtimoiylashuvi, ma’naviyatning negizi bo‘lgan qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayoni juda tezlashib ketadi. SHaxsning ma’naviy rivojlanishiga mana shu davrda ozgina e’tiborsizlik qilinsa, u aksilijtimoiy yo‘nalishga burilib ketishi, jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan mafkuralar, g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi mumkin. O‘smirlik davrida shaxs o‘zining ma’naviy-ahloqiy rivojlanishida xal qiluvchi qadamlarni qo‘yadi. Shu holatning o‘zi ham o‘smirlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash va bu jarayonga ta’sir o‘tkazuvchi barcha omillarni, jumladan, psixologik mexanizmlarni tadqiq qilish qanchalik muhim ahamiyat kasb etishidan guvohlik beradi. Bolalarni ma’naviy-ahloqiy rivojlantirish masalasiga tizimli yondashuv, jumladan, bu jarayonda kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarini bir-biriga mutanosib ravishda rivojlantirish belgilangan maqsadlarga erishishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash ularning o‘zlarini o‘zlari tarbiyalashga yo‘naltirish bilan qo‘shib olib borilgandagina yuqori samarali bo‘lishi mumkinligini qayd qilish lozim.
Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.
Amalga oshirilgan tahlil-sintez oldiga quyidagi vazifalarni belgilanadi:

  • Pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish;

  • Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida, Osiyo va Afrikaning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan ayrim mamlakatlarida tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish;

  • Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish:

  • Zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash

Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"
Yangi avlodni tarbiyalash g‘oyasining asoschisi J.Lokk Yoshlar hisob-kitob ilmini bilish bilan birga, an’anaviy qilichbozlik san’atini ham yaxshi egallashlari kerak deb hisoblar edi. Jon Lokk Angliyaning jahon miqyosidagi obro‘sini ko‘tarishni yoshlarni tarbiyalashga tayanmay oshirish mumkin emasligini asoslab, amalga oshirdi. Angliyadagi tarbiyaviy maqsad – yosh avlodni tarbiyalash g‘oyasi Fransiyada ham qabul qilinib, o‘ziga xos tarzda amalga oshirildi. Bu quyidagicha ta’riflangan edi; "Fransiyada tarbiyadan maqsad - o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, fazilatlar, ziyolilik, sog‘lom mushohadalik ruhida tarbiyalanganlikni o‘z Vatanida qabul qilingan xush xulqlik bilan uyg‘unlashtirib, takomiliga yetkazgan fransuzdir", madaniy uyg‘onish davrida amalga oshirilgan islohotlar ta`lim, tarbiya maqsadini belgilashga mahsuldor ta’sir ko‘rsatib, Olmoniyaning milliy davlat sifatida rivojlanishiga katta turtki bo‘lib xizmat qildi.
G‘arbiy Yevropada uyg‘onish davri ijtimoiy fanlar, xususan pedagogika fanining predmeti - tarbiya va uning mohiyati, maqsadi haqida dadil ilmiy fikrlar aytilganligi bilan ham e’tiborga molik. Bu fikrlar rang-barang bo‘lib, tarbiya fonemonining turli qirralarini yoritishga xizmat qiladi.
Yevropada Uyg‘onish davri faylasuf va pedagoglarining tarbiya va uning maqsadi haqidagi g‘oyalarida "milliylik", "milliy" tushunchalari tez-tez uchramasada, asl mohiyati jihatidan ular milliy asosga qurilgan edi.
Birinchidan, o‘sha davr G‘arbiy Yevropa davlatlari - milliy davlat sifatida shakllanib bo‘lgan edilar;
Ikkinchidan, G‘arbiy Yevropa millatlari o‘z davlatlarida milliyliklariga xavf soluvchi, zarar yetkazuvchi har qanday tashqi ta’sirdan holi edilar;
Uchinchidan, milliy g‘ururni, tuyg‘uni so‘ndiruvchi milliy mustamlakalik azobini boshdan kechirmagan edilar. Ana shuning uchun ham milliylikni tiklash sobiq mustamlaka mamlakatlarning dastlabki ma’naviy ehtiyojiga aylanishi tabiiydir.
Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot Ya.A.Komenskiy. Tarbiya uch bosqich – vazifadan iborat:
1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni bilish (aqliy);
2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy);
3) Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).
Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.
“Yevropa tarbiyasi”. Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi:
1) tarbiya va ta’lim rejalari, dasturlari milliylashtirildi;
2) ta’lim ona tilida olib borila boshlandi;
3) tabiiy-matematik fanlar turkumining roli oshirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq kolonial maktablarni birdaniga isloh qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli mavjud ta’lim tizimlarini saqlab qolgan holda tarbiyaviy jarayonni milliy asosga qurish boshlandi. Jumladan ta’limning ona tilida berilishiga erishildi.
Yapon milliy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ayrimlari:

  • milliy birlik, yaponlarning jamoa, urug‘ kollektivchilligi umummilliy darajada namoyon bo‘ladi: kechagina bir-biriga raqobat qiluvchilar millat manfaatiga dahldor vaziyatda birdaniga bir-birini qo‘llay boshlaydilar;

  • jamoa ming ko‘zli devor bo‘lib, har bir yaponning hatti-harakatini kuzatadi, uning hatti-harakatidagi axloqiy qadriyatlarning sofligini nazorat qiladi... Yapon jamiyati axloqiyligining siri ana shunda, deb hisoblashadi;

  • rostgo‘ylik, bag‘rikenglik sifatlarini tarbiyalashga favqulotda ahamiyat beriladi;

  • ierogliflar ataylab maydalab yoziladi. Ularni qiynalib yodlash bolada ko‘z qobiliyati(ko‘rganini esda saqlash)ni rivojlantiradi. Ierogliflarni ko‘p martalab, diqqat bilan ko‘chirish o‘quvchilarda tirishqoqlik, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi;

Maktablarda “yapon axloqi” darsi maxsus o‘tiladi. Bolalar asta-sekin xuddi kattalardek salomlashishga, hatti-harakatlar qilishga mashq qildirila boriladi. Agarda biror o‘quvchi milliy axloq qoidalarini buzsa, bolalar uni “g‘alati yapon” deyishadi. Keyinchalik ham u o‘z xatolarini tuzatmasa, “begona” nomini oladi va bolalar undan uzoqlashadi;

  • maktablarda “yapon axloqi” darsi maxsus o‘tiladi. Bolalar asta-sekin xuddi kattalardek salomlashishga, hatti-harakatlar qilishga mashq qildirila boriladi. Agarda biror o‘quvchi milliy axloq qoidalarini buzsa, bolalar uni “g‘alati yapon” deyishadi. Keyinchalik ham u o‘z xatolarini tuzatmasa, “begona” nomini oladi va bolalar undan uzoqlashadi;

  • o‘smirlik – yapon bolalari uchun eng qiyin – cheksiz dars tayyorlash va kelajak haqida qayg‘urish yo‘llaridir;

  • o‘quvchilarning aksariyati ikki maktabda o‘qishadi. Birinchi – asosiy, ikkinchi, Dzyuki – tushdan keyingi darsda o‘tilgan mavzuni takrorlash va qo‘shimcha materiallar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.

  • oilada qiz bola tarbiyasi bilan ko‘proq ona, o‘g‘il bola tarbiyasi bilan ko‘proq ota shug‘ullanadi va h.k.

  • milliylik, milliy vatanparvarlikning zamonaviylik bilan go‘zal uyg‘unligiga erishayotgan yana bir mamlakat – Turkiyadir. Bu yerda “yoshlikdan buyuk ajdodlarni eslatish, bildirish, targ‘ib qilish orqali yoshu qari – har bir fuqaroni milliy ruhda tarbiyalash odat tusiga kirgan”, - deb yozadi A.Ibrohimov. Turkiya istiqlolga erishgach, millatning eng ko‘zga ko‘ringan ziyolilari “Turkiya taraqqiyoti yo‘li” nomli davlat taraqqiyot dasturini belgilab oldilar.


    1. Yüklə 44,4 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin