O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Mutafakkirlar asarlarida milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish masalalarining yoritilishi



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə7/9
tarix18.03.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#88720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narmatova shкаралди Microsoft Word (10)

2.2 Mutafakkirlar asarlarida milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish masalalarining yoritilishi
Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Markaziy Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk ajdodlarimiz, XIX asr va XX asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya xususida aytgan nazariy fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Zamonaviy pedagogikada ulardan foydalanish o‘z samarasini beradi. Yuqorida oilada bola tarbiyasi yuzasidan berilgan nasihatlardan hozirgi tarbiyachilar o‘z tajribalarida foydalansalar va bugungi yangi ilmiy qarashlar bilan bog‘lab yondashsalar, shak-shubhasiz yaxshi natija olish mumkin. Demak, oilada inson tarbiyasi, uning hayotda o‘z o‘rnini aniqlashi, shaxsni yashashga o‘rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan bo‘lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror bir faoliyatga o‘rgatishdan iborat. Tarbiyaning umumiy yo‘nalishlari qadim zamonda vujudga kelgan va rivojlangan. Tarbiyaning umumiy tamoyillar asosida olib borilishi o‘ziga xos xarakterga ega. Shunday ekan, ota-onalar ham butun davlatimiz bilan birgalikda oilada farzandlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz tarbiya jarayonida samaradorlik omili ekanligini anglab, uni yangi shakl va metodlar bilan bog‘lab qo‘llasalar, farzandlar qalbi, psixologiyasidagi tushunchalarni hozirgi davr tushunchalari bilan hamohang bog‘lab borsalar, ayni muddao bo‘ladi. O‘zbek xalqi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan ma’naviy merosini yaratib, insoniyatning ko‘plab avlodlarini insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, mardlik, odoblik kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida tarbiyalab kelmoqda. Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan «Pandnoma»lar, xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz yuragiga yaqin bo‘lgan buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Sa’diy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi o‘nlab buyuk shoir va mutafakkirlar qoldirgan nodir va durdona asarlarida ko‘p e’tibor berilayapti. Bu mutafakkirlarning, maktab va oilada bolani xushxulq, axloqiy va har tomonlama kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta egallashlariga alohida e’tibor bilan qarab, mehnat bilan topilgan boylik baxt keltirishini, ilmli kishi xor bo‘lmasligini aytib o‘tadilar. Buyuk mutafakkirlar o‘zlarining ijodlarida o‘quvchi-yoshlarni odobli bo‘lishga, halol mehnat qilishga, ota-onaga mehribon bo‘lishga, halol mehnat bilan yashashga da’vat etadilar. Abu Ali ibn Sino o‘zining pedagogik qarashlarida jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo‘lib qolishi, inson oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordirligini ta’kidlaydi. Al-Farobiy fikricha: «Insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi, axloqiy va aqliy yo‘nalishga erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir». Tabiiy boshlang‘ich tarbiya ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishgina kifoya qilmaydi, chunki u inson bo‘lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so‘zlash qobiliyati va kasb-hunarga muhtojdir. Milliy maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarni yuqorida ko‘rsatilganlardek qilib tarbiyalash uchun avlod-ajdodlarimiz yaratgan boy ilmiymadaniy merosimizni keng va har tomonlama o‘rganishimiz, tarbiyaviy soatlar o‘tish jarayonida maktab o‘quvchilarini ulardan bahramand etishimiz lozim.
Avesto: axloqiy uchlik tamoyili. Avestoning butun axloq-odobi Gumata (Gumata) Yaxshi fikr), Gukta (Gukta) Yaxshi so‘z), Gvarshta (Gvarshta) Yaxshi ish) da ifodalanadi. Avestoda faqat bitta xalqning emas, balki Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon xalqlarining mushtarak, umumiy qimmatga ega bo‘lgan tarbiyaviy qadriyatlari aks etgan.Shariat: Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariatda barcha hatti-harakatlar dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh – ixtiyoriy me’yorlar; makruh – ixtiyoriy me’yorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar.
Shariat: Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariatda barcha hatti-harakatlar dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh – ixtiyoriy me’yorlar; makruh – ixtiyoriy me’yorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar. “Komil inson”ni yetishtirish Abu Nasr Forobiy. “Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”. Tarbiya maqsadi sifatida “har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”, - degan g‘oyani “millat baxt-saodatli bo‘lishi kerak” degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni yetishtirishda deb tushunildi va “milliy tarbiya rejasi”ni ishlab chiqdi. Inson bolasi yoshligidan yaxshi va yomon odatlarning qaysisiga ko'nikib, o'rganib qolgan bo'lsa, bu udum uni bir umr tark ctmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda, “beshikda tckkan - kafanda kctar” yoki “dard kctar - odat qolar”, “illat ketar - odat ketmas” dcgan maqollar bor, yoki tavallud topgan bolaning qulog'iga ota-bobolarimiz birinchi navbatda azon ayttirganlar. Azon aytilganda bolaning qulog'i ochiladi. Odamlaming eshitish, tinglash qobiliyati ish boshlaydi. Ismi ilk bor chaqaloqning o'z qulog'iga aytib singdirilgan. So'ng uning chillasi - kichik cliilla va katta chilla o'tkaziladi, bolaning onasidan bo'lak uning yoniga, hcch kim kiritilmaydi. Katta chillasi, qirq kun o'tganidan keyin bolani bcshikka bclash marosimi bo'lib o'tadi. Yangi dunyoga kclgan bolani yomon ko'zdan, ins-jinsdan asrash, uni gigiycnik himoya qilish uchun shunday qilinadi. Chilla kunlari ona va bola yaxshi parvarish qilinadi. “Sut bilan kirgan jon bilan chiqar” dcydilar. Abu Ali ibn Sino go'dak bola chillasi, uning cnagasi parvarishi to'g'risida ming yil burun bugun ham ibrat bo'ladigan risolalar yozib kctganlar. Tavallud topgan bola bosh farzand bo'lsa, bozordan borib beshik sotib olinadi. Ikkinchi yo navbatdagi farzand bo'ladigan bo'lsa, opa-akasining beshigiga bclanadi. Beshik - bola oyoqqa turguncha yotadigan joyi, boshpana uyidir. Beshik ajdodlarimiz kashfiyotlari orasida alohida o'rin tutadi. Bola bor joyda alia aytilishi tabiiy. Onalar qadimdan o 'z bolalari bcshigi tcpasida kechasi bo'lsin, kunduzi bo'lsin, alia aytib kclishgan. Allalarda xalq turmushining juda ko'p qirralari o 'z aksini topgan.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin