O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə2/9
tarix18.03.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#88720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narmatova shкаралди Microsoft Word (10)

Kurs ishining maqsadi: Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish va amaliy jihatdan tavsiflash.
Kurs ishining vazifalari:

  • mavzuga doir adabiyotlarni tahlil etish va ularni o'rganish;

  • jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirishning nazariy asoslarini o’rganish;

  • jahon tarbiya konsepsiyalarining qiyosiy tahlili qilish;

  • talabalarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash pedagogik muammo sifatida o’rganish;

  • mavzu bo’yicha xulosalarni shakillantirish;

Kurs ishining predmeti: Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirishning zamonaviy shakl, usul va vositalari.
Kurs ishining obyekti: Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishi natijalarining ilmiy ahamiyati ilgari surilgan muhim nazariy g'oya, taklif etilgan fikr, mexanizm va tarkibiy tuzilma, ishlanmalar, ta'lim jarayonida bo'lajak pedagoglarda Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirishning shakl, metod vositalarini takomillashtirish, «Pedagogika» fani mazmunini yangi tushunchalar bilan boyitishda foydalanish bilan izohlanadi.
Ishning hajmi: 2 ta bob, 4 ta paragraf, boblar bo’yicha xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, umumiy xulosadan glossariy va ilovalardan iborat. Ko’lami 30 bet.

I BOB. JAHON TARBIYA KONTSEPSTIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Jahon tarbiya konsepsiyalarining qiyosiy tahlili

Barchamizga ma’lumki, ma’naviy-ahloqiy rivojlanish shaxsning butun hayoti davomida yuz beradi. Ma’naviyat shunday jarayonki, unda dastlab vujudga kelgan shakllar keyingi bosqichlarda boyitib va to‘ldirib boriladi. Ma’naviy-ahloqiy rivojlanish shaxs rivojining senzitiv davrlarida, ayniqsa, faol yuz beradi. Bunday hol shaxsning o‘z hayotidagi muayyan davrda yuksak darajadagi ma’naviy, ahloqiy, estetik va bilish ehtiyojlari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘smirlik davrida shaxs o‘zining ma’naviy-ahloqiy rivojlanishida hal qiluvchi qadamlarni qo‘yadi.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin