O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə5/9
tarix18.03.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#88720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narmatova shкаралди Microsoft Word (10)

Bob bo’yicha xulosa
Xulosamizda shuni aytishimiz kerakki, O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning milliy tuyg‘ulariga bevosita bog‘liq bo‘lgan milliy g‘ururni, millatlararo muloqot madaniyatini, O‘zbekiston vatanparvarligini, vijdoniylikni, milliy odobni va milliy mafkuraviy onglilikni shakllantirish yetakchi vazifalar sifatida belgilandi. Prezidentimizning yuqoridagi fazilatlarning hozirgi avlodlarda yetarli darajada shakllanmaganligi islohot sifati va sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi haqidagi qator fikrlari va ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi haqidagi Farmon va qarorlari buni tasdiqlaydi. Vaziyat milliy mustaqillikning pedagogik kafolatini ta’minlash uchun milliy, ilmiy pedagogikaning barcha yutuqlarini yosh avlodlarda istiqloliy fazilatlarni shakllantirishga safarbar qilishni taqozo qildi. Yuqoridagi fazilatlarni tarbiyalash, ularga muxolif bo‘lgan millatchilik, mafkurasizlik, beg‘ururlik, Vatan muammolariga e’tiborsizlik, odobsizlik, vijdonsizlik va h.k.) kabi milliy xavfsizligimizga tahdid soluvchi ichki tahdidlarning oldini olish barcha O‘zbekiston maktablarida maxsus, ilmiy asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan, maktab va oila, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning uzviy hamkorligiga asoslanuvchi jarayonga aylantirilmog‘i kerak.


JAHON TARBIYA KONTSEPSTIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
2.1.Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirishning imkoniyatlari va omillari
Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida Tarbiya konsepsiyasi mazkurfanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga umuminsoniy qadiryatlarni shakillantirshga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan hujjatlari, xususan «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Yoshlar-2030» strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga asoslanadi. Konsepsiyada belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshiriladi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o‘rganildi, amaldagi fanlarning o‘quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi.
Konsepsiyaning dolzarbligi va zarurati
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangichamodellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo‘llashga doir ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda.Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan «Milliy istiqlolg‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, «ommaviy madaniyat»ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.Bu, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy rivojlantirishning muhim omili bo‘lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat ko‘tarilganini inobatga olib, ushbu yo‘nalishdagi yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin