O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo sifatida



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə4/9
tarix18.03.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#88720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narmatova shкаралди Microsoft Word (10)

Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo sifatida

Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehrmuruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma’naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zlarining Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigi «Inson qadrini ulug‘lash - yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi», deb ta’kidlaganlar. Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Milliy tarbiya atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda milliy tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar. Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlagani kabi, “Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llabquvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir… Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”. Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy tarbiyani amalga oshiradigan o‘quv muassasalari va umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilmoqda, uning uzviy va mantiqiy davomi bo‘lmish 2004-2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n mingga yaqin umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarning mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. So‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. Xulosa qilib aytganda, milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o‘sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko‘rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq va erkinliklar ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini doimo his etib turishi nihoyatda muhim. Milliy tarbiyada milliy g‘oyaga, milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri – katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi. Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tkazish orqali yoshlar yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, o‘tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan g‘ururlanish tuyg‘ulari singdiriladi. Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. Ma’naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib yashaydi.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin