1-ilova
Savol va topshiriqlar
1.Kichraytirish, erkalash va hurmatlash ma’nolarini ifodalovchi qo‘shimchalarni misollari bilan sanab ko‘rsating.
2. Yasama shaxs otlariga 5 ta misol keltiring.
3. Narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar qanday so‘zlardan ot yasaydi?
4. Yasama o‘rin-joy otlariga misollar keltiring.
5. Yasama mavhum otlarga misollar keltiring.
2-ilova
”Jadvalli mashqlar to‘plami”dan uyga berilgan mashqlar so‘raladi. (Kitob shaklida mavjud).
3-ilova.
“Blis”dan variantlar bajariladi.
4- ilova.
LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
5-ilova
Mavzu bo‘yicha test topshiriqlarini bajarish (test variantlari alohida beriladi).
25-AMALIY MASHG`ULOT
O`TILGANLARNI TAKRORLASH (KOLLOKVIUM)
KOLLOKVIUM SAVOLLARI:
1. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligini asoslang, murakkab hodisa sanalishini isbotlang.
2. O‘zbek tilining asosiy fonetik birliklarini sanang, ularga ta'rif bering.
3. Undosh tovushlarning hosil bo‘lish usuliga ko‘ra turlarini ifodalab bering.
4. Tovush o‘zgarishlari turida kombinator o‘zgarish turi mavjud. Shu hakidagi tushunchangizni bayon eting.
5. Morfologik tamoyil haqida tushuntirish bering.
6. Egalik qo‘shimchalari orfoepiyasini bayon eting.
7. Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligini tushuntiring.
8. Tillar oilasi haqidagi tushunchalaringizni bayon qiling.
9. Undosh tovushlarning ovoz va shovqinning miqdoriga ko‘ra turlari haqidagi bilimlaringizni jamlang va shu to‘g‘risida fikr yuriting.
10. Assmilyatsiya va uning turlari haqida ma'lumot bering.
11. Shakliy-an'anaviy tamoyilning xususiyatlarini bayon eting.
12. Tilning grafika, orfografiya va orfoepiya bo‘limlarida til haqidagi qanday bilimlar, ma'lumotlar o‘rganilishi haqida fikr yuriting.
13. Adabiy til va uning shakllari haqida ma'lumot bering.
14. Artikulyatsiya, artikulyatsiya o‘rni va usuli haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
15. Urg‘u, urg‘uning turlari haqida ma'lumot bering. Leksik urg‘u to‘g‘risidagi fikrlaringizni bayon eting.
16. Dissimilyatsiya to‘g‘risida fikr yuriting.
17. Orfoepiya va unli tovushlar orfoepiyasiga xos ma'lumotlar bering.
18. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy qiladinishi bilan bog‘liq ma'lumotlarni bering.
19. Unli tovushlarning vertikal, gorizontal va lablarning ishtirokiga ko‘ra tasnifini asoslang.
20. Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasiga xos ma'lumotlar bering.
21. O‘zbek alfaviti haqidagi tushunchalaringizni bayon qilading.
22. Tilning paydo bo‘ish, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari to‘g‘risida ma'lumot bering.
23. Undosh tovushlar tasnifi, undosh tovushlarning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra turlarini bayon qiling.
24. Tovush o‘zgarishlarining nutqda qanday sabab bilan ro‘y berishini va tovush o‘zgarishlari turlarini bayon eting.
25. Orfografiyaning asosiy tamoyillarini sanang. Fonetik tamoyillarini asoslang.
26. Kelishik qo‘shimchalari orfoepiyasini tushuntiring.
27. Yozuvlar, ularning tarixi haqidagi bilimlaringizni bayon eting.
28. Tovush o‘zgarishlari turining pozitsion o‘zgarish hodisasi haqida ma'lumot bering.
29. Logik (mantiqiy) urg‘uning leksik (so‘z) urg‘udan farqini tushuntiring.
30. So‘zning nominativ vazifasi (funksiyasi)ni tushuntiring.
31. So‘zda ma'no ko‘chishning sinekdoxa va vazifadoshlik turlari, ularning asosiy xususiyatlari haqida ma'lumot bering.
32. Umumxalq va dialektal leksikaning farqini izohlang.
33. Frazeologik iboralarni tushuntiring. Ularning so‘zlardan farqi va o‘xshash xususiyatlarini yoriting.
34. So‘zning leksik va grammatik ma'nosi, ularning farqini izohlang.
35. So‘zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlarini sanang, omonim so‘zlar, uning turlarini tushuntiring.
36. Kasb-hunar leksikasi, jargon va argo so‘zlar farqini bayon eting.
37. Frazeologizmlarning turlarini sanang. Frazeologik qo‘shilma haqida ma'lumot bering.
38. Monosemantik va polisemantik so‘zlarning farqini tushuntiring.
39. Ta'sirchan, bo‘yoqdor so‘zlar to‘g‘risida gapiring.
40. Sinonim so‘zlar, sinonimik qator, uning turlari haqidagi tushunchalaringizni yoriting.
41. Nofaol so‘zlar, ularning turlari haqida ma'lumotlarni yorting.
42. Dialekt, sheva, lahja tushunchalarining farqi haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
43. So‘zning o‘z va ko‘chma ma'nosi farqini izohlang. Ma'no ko‘chish turlarini sanang.
44. Antonim so‘zlar va ularning turlari haqidagi ma'lumotlaringizni bayon eting.
45. So‘zda ma'no ko‘chishning metafora va metonimiya usuli, ularning asosiy xususiyatlari haqida fikr yuriting.
46. O‘zbek tili leksikasining tarixiy jihatdan qanday so‘zlarni o‘z ichiga olishini sanang va tushuntiring.
47. Morfemika va morfеma tushunchalari farqini bayon eting.
48. So‘z yasash usullari haqidagi fikrlaringizni bayon eting. Affiksatsiya usuli blilan so‘z yasalishini tushuntiring.
49. Grammatik forma(shakl)ning nimaligini, uning qanday ko‘rinishlari borligini izohlang.
50.Otlarda egalik katеgoriyasi haqida ma'lumot bеring.
51. Otlarning tuzilish jihatdan turlarini sanang, ularning o‘zaro farqini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |