1-ilova Savol va topshiriqlar 1. Otdan yasalgan sifatlarga 5 ta misol keltiring.
2. Fe’ldan yasalgan sifatlarga 5 ta misol keltiring.
3. Boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan sifatlarga 3 ta misol keltiring.
4. Qo‘shma sifatlar qanday yasaladi va yoziladi?
5. Juft sifatlar qanday yasaladi va yoziladi?
6. So‘zlarni takrorlab yasalgan sifatlarga misollar keltiring.
7. Otlashgan sifatlar qanday qo‘shimchalarni olishi mumkin?
8. Qaysi turkumdagi so‘zlar sifat o‘rnida qo‘llanadi? Misollar keltiring.
9. Qo‘shma sifatlar qanday so‘zlardan iborat bo‘ladi?
10. Birikmali sifatlar haqida gapiring va misollar keltiring.
11. Juft sifatlarning turlariga misollar keltiring.
12. Boshqa so‘zlarning sifat o‘rnida qo‘llanishiga misollar keltiring.
2-ilova ”Jadvalli mashqlar to‘plami”dan uyga berilgan mashqlar so‘raladi. (Kitob shaklida mavjud).
3-ilova. “Lisoniy tahlil qoliplari”dan variantlar bajariladi. (Kitob shaklida mavjud).
4- ilova. Mavzu bo‘yicha test topshiriqlarini bajarish (test variantlari alohida beriladi).
3-AMALIY MASHG`ULOT SON SO‘Z TURKUMINING TA`RIFI VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, MA'NO TURLARI BO‘YICHA SAVOL-JAVOB O‘TKAZISH, MASHQLAR, TEST TOPSHIRIQLARI BAJARISH VA LISONIY TAHLIL QOLIPLARINI TO‘LDIRISH. REJA: 1.Tashkiliy qism.
2. Mavzuga oid talabalar bilimini savol-javob va mashqlar orqali tekshirish va mustahkamlash.
3. Test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
4. LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
5.Mashg`ulotni yakunlash.
1-ilova Savol va topshiriqlar 1. Qanday so’zlarga son dеyiladi? 2. Sonning nomini bildiradigan sonlar qanday qo’shimchalarni olishi mumkin? 3. Narsa-buyumlarning son-sanog’ini bildiradigan sonlarni so’zlarga bog’lab 5 ta misol kеltiring. 4. Sonlar qanday raqamlar bilan ifodalanadi? 5. Nutqimizda tеz-tеz qo’llanadigan 23 ta sodda sonni birma-bir sanang. 6. Eskirgan sonlarga misol kеltiring. 7. Butun va kasr sonlarning o’zaro farqini tushuntiring. 8. Kasr sonning turlari haqida gapiring. 9. Aralash sonlar haqida gapiring. 10. Miqdor sonlar haqida gapiring. 11. Hisob so’zlarining ma'no guruhlari haqida gapiring. 12.“Bir” so’zining qanday ma'nolari bor? 13. Dona va tartib sonlar haqida gapiring. 14. Chama sonlar qanday hosil qilinadi? 15. Jamlovchi sonlar qanday hosil qilinadi? 16. Taqsim sonlar qanday hosil qilinadi? 17. Ot, sifat turkumidan yasalgan sonlarga 4 ta misol kеltiring. 18. Otlashgan sonlar qanday qo’shimchalarni oladi? 19. Sonlarning tuzilish jihatdan turlari haqida gapiring. 20. “Bеshtacha kitob” birikmasidagi sonni yoddan to’liq tahlil qilib bеring. 21. Omonimlik xususiyatiga ega bo’lgan sonlar haqida gapiring. 22. Sinonimlik xususiyatiga ega bo’lgan sonlar haqida gapiring.