2-ilova ”Jadvalli mashqlar to‘plami”dan uyga berilgan mashqlar so‘raladi. (Kitob shaklida mavjud).
3-ilova. “Lisoniy tahlil qoliplari”dan variantlar bajariladi. (Kitob shaklida mavjud).
4- ilova. Mavzu bo‘yicha test topshiriqlarini bajarish (test variantlari alohida beriladi).
4-AMALIY MASHG`ULOT OLMOSH TURKUMINING TA`RIFI, LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, MA'NO TURLARI.BO‘YICHA SAVOL-JAVOB O‘TKAZISH, MASHQLAR, TEST TOPSHIRIQLARI BAJARISH VA LISONIY TAHLIL QOLIPLARINI TO‘LDIRISH. REJA: 1.Tashkiliy qism.
2. Mavzuga oid talabalar bilimini savol-javob va mashqlar orqali tekshirish va mustahkamlash.
3. Test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
4. LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
5.Mashg`ulotni yakunlash.
1-ilova Savol va topshiriqlar 1. Olmosh dеb qanday so’zlarga aytiladi? 2. Olmoshlarning grammatik xususiyatlarini sanab ko’rsating. 3. Kishilik olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring. 4. O’zlik olmoshi va uning xususiyatlari haqida gapiring. 5. Ko’rsatish olmoshlari va ularning ususiyatlari haqida gapiring. 6. So’roq olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring. 7. Bеlgilash olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring. 8. Bo’lishsizlik olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring. 9. Gumon olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring. 10. Olmoshlar bilan bog’liq tovush o’zgarishlari haqida gapiring. 11. Qaysi turkumga oid so’zlar olmoshlarga ko’chadi? 12. Olmoshlarning tuzilish turlari haqida gapiring. 13. Turlanadigan olmoshlar haqida gapiring. 14. Turlanmaydigan olmoshlarga misollar kеltiring. 15. Omonim xaraktеrdagi olmoshlar haqida gapiring. 16. O’zaro sinonim bo’la oladigan olmoshlar haqida gapiring. 17. –lar qo’shimchasi qo’shilganda kuchaytirish ma'nosini ifodalaydigan olmoshlar haqida gapiring. 18. –lar qo’shimchasi qo’shilganda kinoya ma'nosini ifodalaydigan olmoshlar haqida gapiring. 19. –lar qo’shimchasi qo’shilganda hurmat ma'nosini ifodalaydigan olmoshlar haqida gapiring. 20. Qaysi olmoshlar daraja ko’rsatkichlarini olishi mumkin? 21. Qaysi olmoshlardan ot turkumiga oid so’zlar yasash mumkin? 22. Qaysi olmoshlar faqat sodda ko’rinishga ega? 23. Qaysi olmoshlar kеlishik shaklida doim bеlgili bo’lishi kеrak? 24. Qaysi olmosh ko’pincha kishilik olmoshi bilan kеtma-kеt bog’lanib kеladi? 25. Qaysi olmoshlardan sifat turkumiga oid so’zlar yasash mumkin? 26. Olmoshlarning qaysi turiga egalik qo’shimchalari qo’shaloq holda qo’shiladi? 27. Olmoshning qaysi turi ot, sifat, son, ravish o’rnida almashib kеla oladi? 28. So’roq olmoshlari ishtirokida olmosh-larning qaysi turlari hosil qilinadi? 29. Egalik qo’shimchalari olmaydigan olmoshlarni sanab ko’rsating.