O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə122/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Sifatlarning otlashishi

Sifat turkumidagi so`zlar ba’zan ot turkumidagi so`zlarning ma’nosini ifodalab, uning vazifasini bajarib kelishi mumkin. Bunda sifat o`zining leksik va grammatik ma’nosini yo`qotib, predmetlik ma’nosini ifodalaydi. Gapda sifat bog`lanib kelayotgan otning tushib qolishi natijasida sifat uning predmetlik ma’nosini ham, morfologik belgisini ham, sintaktik vazifasini ham o`z ustiga oladi. Misol: Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi gapida yaxshi, yomon sifatlari tushib qolgan, kim? so`rog`iga javob bo`lgan, bosh kelishikdagi, ega vazivasidagi ot (odam) vazifasini bajargan. Odam oti gapda tushib qolgani tufayli yaxshi, yomon sifatlari otlashishgan. Bu hodisa gap tarkibida yuz bergan. Bunga nutqning ixchamlikka intilishi sabab bo`ladi. Sifatlarga oid so`zlarning hammasi ham otlashavermaydi. Asosan belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar, kishilarning laqabini bildiruvchi (tajang, maymoq, cho`tir, daroz) sifatlar, hayvonlarning tusini bildiruvchi (saman, to`riq, bo`z, qashqa) sifatlari otlashadi.


Otlashgan sifatlar aniqlovchilik vazifasidan chiqib, otga xos ega, kesim, to`ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, undalma vazifasini bajaradi. Misol: Aqlsizlar gap bermaydi otasiga. (A.Po`lat) Mard bo`lgandan keyin yomonni ham yaxshilik bilan engar ekan. (P.Kodirov) Yaxshining so`zi qaymoq, yomonning so`zi to`qmoq. (Maqol) Yaxshilar, uni eslang!
2-MA’RUZA
SIFATLARNING YASALISHI; SIFATLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI
Reja:

  1. Sifatlarning yasalishi.

  2. Sifatlarda modal shakl yasalishi.

  3. Sifatlarning tuzilish turlari.



Sifatlarning yasalishi

Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Affiksatsiya. 2. Kompozitsiya. 3. So`zlarni takrorlash bilan.


4. Semantik usul.
1. Sifat yasovchi qo`shimchalar quyidagilardir:
1) otdan sifat yasovchi qo`shimchalar:
-li: rasmli kitob, kuchli shamol
-dor: aybdor, vafodor
ba-: badavlat, baquvvat
ser-: serhosil olma.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin