7. – lar qo‘shimchasi kuchaytirish ma’nosini ifodalagan javobni toping.
A) Shunday qilib, oradan bir hafta o'tgach, ko'chlarimizni ortib yangi uyga ko'chib ketdik. B) Nodiraning savollariga javob bera olmaymiz, keyin yana uni yupatishga harakat qilamiz C) Qaldirg'ochlarning shunchalik jafokash, mehnatkash-ligiga tahsinlar o'qiysan, kishi.D)Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o'ynab terlab ketdim.
8. Qaysi qatorda “oy” so‘zi ot turkumiga xos sintaktik vazifani bajargan?
A) Oy osmon dengizida suzib bormoqda. B) Uydan oy yuzli qiz chiqib keldi. C) Oy borib, omon kel, o‘g‘lim! D) B, C
9. Bir xil grammatik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni toping.
A) kitob, bahor, a’lochi, bog‘ B) o‘qimoq, orzu, bilim, erishmoq C) qovun, gul, bola, qush D) shirin, oqish, qor, yashil
10. Qaysi gapdagi otda -lar qo‘shimchasi ko‘plik ma’nosini ifodalagan?
A) Yog‘ va unlarni do‘kondan olib, qishloq tomon yo‘lni davom ettirdik. B) Barcha gaplarda ko‘plik ma’nosini ifodalangan.
C) Nodirlarning hovlisi shahar chetida joylashgan. D) Bolalar nimanidir sezgandek ustozlaridan ko‘z uzmas edilar.
11. Qaysi gapda ko‘plik qo‘shimchasi urg‘u olmaydi?
A) Musobaqada 10-12 yoshdagi bolalargina ishtirok etishi mumkin. B) Berilgan gaplarning barchasida –lar qo‘shimchasi urg‘usiz hisoblanadi. C) Bo‘taloqqinalar bar qancha ildam yursa ham, onasiga yetolmas edi. D) Mardlargina o‘z Vatani uchun mardona kurasha oladilar.
12. Qaysi gapda -lar qo‘shimchasi grammatik ma’no ifodalagan?
A) Avazlarning bir cheti chorbog‘ga tutashgan kattagina hovlisi bor. B) Bu ishlarning boshida G‘ulomjon, Qudrat, Olimbuvalar turishdi. C) Sening xotirangni unutmas aslo, mening yuraklarim, O‘rta Osiyo. D) Oradan besh kunlar o‘tdi.
13. Quyidagi gapda -lar qo‘shimchasi grammatik ko‘plikni bildirish xususiyatiga ega emas?
A) Kecha biznikiga amakilarim sovg‘a ko‘tarib kelishdi B) Tumanda o‘simlik yog‘larini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
C) Bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni asraylik.
D) Qushlar uzoq o‘lkalardan uchib kelishadi.
Dostları ilə paylaş: |