O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə31/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Ch fonemasi til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (chaqa, chigit, chuqur), o‘rtasida (achchiq, ochiq, ko‘cha) va oxirida (och, uch, kech ) keladi. Ayrim so‘zlarda o‘zidan keyingi jarangsiz undoshlar ta’sirida talaffuzda sh fonemasiga o‘tadi: kechdi>keshti, qochdi>qoshti, sochdi>soshti.
L fonemasi til oldi, portlovchi-sirg‘aluvchi, jarangli (sonor) undosh fonema bo‘lib, so‘z boshida (lagan, latifa, lof), o‘rtasida (olis, uloq, belgi ) va oxirida (kasal, kel, yol) keladi. Bu fonema so‘z o‘rtasida kelganda so‘zlashuv nutqida ko‘pincha tushib qoladi: olsa>osa, kelsa>kesa, bo‘lsa>bo‘sa, kelgan>kegan.
R fonemasi til oldi, portlovchi-sirg‘aluvchi, titroq, sonor, jarangli undosh fonema bo‘lib, so‘z boshida (randa, rang, ruh), o‘rtasida (arra, mo‘ri, baraka) va oxirida (bozor, hozir, huzur) keladi. Bu fonema sof o‘zbekcha (turkiycha) so‘zlar boshida qo‘llanmaydi.
Y fonemasi til o‘rta, sirg‘aluvchi va jarangli undosh fonema bo‘lib, so‘z boshida (yigit, yo‘l, yil), o‘rtasida (sayr, qayir) va oxirida (to‘y, uy, oy) keladi.
K fonemasi til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, so‘z boshida (katta, kim, ko‘p), o‘rtasida (ikki, aka, uka) va oxirida (tilak, yuk, to‘k) keladi. Bu fonema bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga unli bilan boshlanuvchi qo‘shimcha qo‘shilganda, k fonemasi g fonemasiga o‘tadi va bu holat yozuvda ham aks etadi: malak>malagi, ko‘ylak>ko‘ylagim.
G fonemasi til orqa, sof portlovchi, jarangli undosh fonema bo‘lib, so‘z boshida (gulxan, gilam, go‘zal), o‘rtasida (tugun, agar, egri) va oxirida (barg, biolog, pedagog) keladi. Bu fonema sof o‘zbekcha so‘zlar oxirida deyarli qo‘llanmaydi. G fonemasi bilan boshlanadigan qo‘shimchalar k fonemasi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda k fonemasiga, q fonemasi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda esa q fonemasiga aylanadi: ko‘k+ga > ko‘kka, boq+gan >boqqan. O‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: geologga, biologga.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin