a) burun undoshlari: m,n,ng;
b) yon undoshi: l;
d) titroq undosh: r.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar dastlab ikki turga bo‘linadi:
1. Sonor yoki shovqin ishtirok etqan ovozdor undoshlar; 2. Shovqinli undoshlar.
Sonor (ingl. sonorous - jarangdor degani33) undoshlar tarkibiga ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo‘ladi, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlarning hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi un (ovoz) paychalarini faol ishtirok ettiradi, shuning uchun bu undoshlar unlilarga yaqin turadi. Lekin bu undoshlar havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida yuzaga keladi.
Shovqinli undoshlar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko‘p bo‘ladi yoki ovoz mutlaqo qatnashmaydi. Ularga b, v, g, d, j, dj (jiyan so‘zidagi kabi), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h undoshlari kiradi. Bunday undoshlar tarkibida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi:
1) jarangli undoshlar tarkibida qisman bo‘lsa-da ovoz qatnashgan shovqinli undoshlardir: b, v, g, d, j, dj (jilg‘a so‘zidagi kabi) z, y, g‘.
2) jarangsiz undoshlar faqat shovqinning o‘zidan iborat bo‘lgan, tarkibida ovoz mutlaqo qatnashmagan undoshlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, h.
Undosh fonemalar tasnifi jadvali
Hosil
bo‘lish
usuliga ko‘ra
|
Ovoz va
shovqinning
ishtirokiga
ko‘ra
|
Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
|
Lab undoshlari
|
Til undoshlari
|
Bogiz
undoshi
|
lab-lab
|
lab-tish
|
til oldi
|
til
o‘rta
|
til
orqa
|
Chuqur
til orqa
|
Portlovchilar
|
jarangli
|
b, m
|
|
d, r, n
|
|
g, ng
|
|
|
jarangsiz
|
p
|
|
t
|
|
k
|
q
|
|
Sirg‘aluvchilar
|
jarangli
|
|
v
|
z, j,l
|
y
|
|
g‘
|
|
jarangsiz
|
|
f
|
s, sh
|
|
|
x
|
h
|
Qorishiqlar
|
jarangsiz
|
|
|
ch
|
|
|
|
|
jarangli
|
|
|
Ĵ
|
|
|
|
|
Undosh tovushlar tavsifi
1.Lab undoshlari
B fonemasi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh fonemasi bo‘lib, so‘z boshida (bahor), o‘rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. Bu fonema so‘z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p fonemasi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu fonema ko‘pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe’l birikib talaffuz qilinganda, v fonemasi kabi aytiladi va ba’zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg‘a - qovurg‘a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko‘ra ber – ko‘raver kabi.
So‘z boshida kelgan b fonemasi ayrim shevalarda talaffuz paytida m fonemasiga o‘tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m fonemalarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h.
V fonemasi – lab-lab va lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangli undosh fonemasi. So‘zning boshida (vazifa, vafo), o‘rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o‘tov, birov) kela oladi. Sof o‘zbekcha so‘zlarda bu fonema so‘z boshida deyarli qo‘llanmaydi.
M fonemasi - lab-lab, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (mehr, mo‘ylov, mulk), o‘rtasida (omon, umr) va oxirida (tom, bodom, qadam) kela oladi.
P fonemasi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (pilla, po‘choq, parda), o‘rtasida (opa, qipiq, to‘piq) va oxirida (cho‘p, top, sop) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxirida bu fonema deyarli uchramaydi.
F fonemasi - lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, faqat o‘zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning boshida (faqir, oftob, fabrika), o‘rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba’zi so‘zlarda talaffuzda p fonemasi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida. Bunday o‘zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.
2.Til undoshlari
T fonemasi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (to‘ti, tuxum), o‘rtasi (katta, vatan) va oxirida (savat, qavat, harakat) kela oladi. O‘zbek milliy tilining o‘g‘uz lahjasiga mansub shevalarda t ba’zan d ga o‘tadi: tuz > duz, o‘t > o‘d kabi. Bu o‘tishlar adabiy orfografiyada ifodalanmaydi.
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o‘zlashtirigan so‘zlardagi qo‘sh undoshlar tarkibidagi t fonemasi talaffuzda ko‘pincha tushib qoladi: g‘isht > g‘ish, pastqam > pasqam, taksist > taksis kabi. Bu o‘zgarish yozma imloda aks etmaydi.
Dostları ilə paylaş: |