14. Tt harfi tong, tun; butun, o‘tin, о‘t, kut kabi sо‘zlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
15. Zz harfi:
1) zar, zamon; toza, о‘zbek; yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) iztirob, izquvar, bо‘zchi, tuzsiz kabi sо‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
16. Ss harfi sog‘, somon, oson, asos, olmos kabi sо‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
17. Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi sо‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
S h harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga tutuq (’) belgisi qо‘yiladi: Is'hoq, as'hob kabi.
18. Jj harfi:
1) jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi sо‘zlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) jurnal, projektor; gijda, ajdar, tiraj kabi о‘zlashma sо‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
19. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi sо‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
20. Rr harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi sо‘zlarda til oldi ovozdor titroq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
21. Ll harfi lola, loyiq, la’l; iloj, mahal kabi sо‘zlarda sirg‘aluvchi ovozdor yon undoshni ifodalash uchun yoziladi.
22. Nn harfi:
1) non, nomus; ona, tana; bilan, tomon kabi sо‘zlarda til oldi ovozdor burun undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, kо‘rinmaslik kabi sо‘zlarda n tovushi ba’zan m aytilsa ham, n yoziladi.
23. Gg harfi gul, gо‘zal; ega, gugurt; teg, eg kabi sо‘zlarda til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |