O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə47/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Etimologik (yoki grafik) tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra, boshqa tillardan (masalan, arab, rus yoki rus tili orqali boshqa tillardan) kirgan so’zlar o’zi mansub bo’lgan tildagi shaklini o’zbek imlosida ham saqlagan holda yoziladi. 1) ocherk, tonna, kosmos, pochta kabi so’zlarning urg’uli bo’g’inidagi o unlisi o’zbekcha o’ tarzida aytilsa ham, rus tilidagi shakliga mos ravishda o yoziladi. 2) samolyot, kometa, morfema, direktor, traktor kabi so’zlarning urg’usiz bo’g’inidagi o unlisi a yoki i tarzida aytilsa ham, rus tilidagi shakliga muvofiq ravishda o tarzida yoziladi; 3) televizor, telefon, gerbariy kabi ruscha–baynalminal so’zlarning urg’usiz bo’g’inlarida kelgan e unlisi i tarzida talaffuz qilinadi, lekin rus tilidagi shakliga mos ravishda e saqlanadi.
Differensiatsiya tamoyili. Bu tamoyilga ko’ra, shakli yoki talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida (yoki ba’zan ma’noga ko’ra) farqlanadi. Masalan: 1) urg’u vositasida farqlash: atlás – mato, átlas – geografik atlas, – ot, fizík – sifat (fizik hodisalar); 2) unlining qisqa yoki cho’ziqligini farqlash : she’r –sher, ta’na –tana , da’vo - davo (she’r, ta’na, da’vo so’zlaridagi a unlisining cho’ziqligi ayirish (tutuq) belgisi orqali ko’rsatilgan; 3) boshqa-boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida farqlash: shoh – podshoh, shoxdaraxtning shoxi, urush – jang, urish – qo`l bilan urmoq.
Ko’rinadiki, fonetik va morfologik tamoyillar o’zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari bo’lib, morfologik tamoyil yetakchi, chunki imloga oid ko’pchilik qoidalar ana shu tamoyil asosida yaratiladi.
1995-yil 24-avgustda qabul qilingan asosiy imlo qoidalari quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Harflar imlosi:
a) unlilar imlosi (1-7-bandlar);
b) undoshlar imlosi (8-32-bandlar).
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-bandlar)
3. Qo‘shib yozish (38-50-bandlar)
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar)
5. Ajratib yozish (57-65-bandlar)
6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar)
7. Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin