36.Quyidagi qо‘shimchalarning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi:
1) -bon, -boz qo‘shimchalari ba’zan -von, -vozaytilsa ham, hamma vaqt -bon, -boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qо‘shimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) о‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qо‘shimchasining, о‘tgan zamon yasovchisi va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
37.Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
1) taqlid sо‘zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qо‘shimchasi sо‘z tarkibida v yoki u tovushi bolganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qо‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bо‘g`inli sо‘zlarga (kel sо‘zidan boshqa) , shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qо‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; о‘tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda bu qо‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jо‘nalish kelishigi qо‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs kо‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qо‘shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
a) k undoshi bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shilganda bu qо‘shimchalaming bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yо‘lakkacha, kо‘nikkach, zerikkuncha, tо‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) q undoshi bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shilganda bu qо‘shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qо‘rqqudek, achchiqqina kabi;
d) qolgan barcha hollarda, sо‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qо‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.