Qo‘shib yozish
38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi sо‘zlar yordamida yasalgan qо‘shma ot va qо‘shma sifatlar qо‘shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
39. -(a) r (inkori -mas) qо‘shimchasi bilan tugaydigan qо‘shma ot va qо‘shma sifatlar qо‘shib yoziladi: о‘rinbosar, otboqar, chо‘lquvar, ishyoqmas, qushqо‘nmas kabi.
40. Takror taqlid sо‘zlarga qо‘shimcha qо‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qо‘shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), о‘xshatish yо‘li bilan bildiruvchi qо‘shma ot va qо‘shma sifatlar qо‘shib yoziladi: karnaygul, qо‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iykо‘z kabi.
42. Narsani uning rangi, mazasi, о‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mо‘ljallanganligini bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqо‘ra, nosqovoq, kо‘zoynak kabi.
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: tog‘olcha, chо‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urtо‘qmoq, Ochildasturxon kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir sо‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: mingboshi, sо‘zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod sо‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qо‘shib yoziladi: Yangiyо‘l, Tо‘rtkо‘l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bо‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: О‘rta Osiyo, Kо‘hna Urganch, О‘rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan о‘zlashtirilgan yoki sо‘ma-sо‘z tarjima qilish yо‘li bilan hosil qilingan qо‘shma so‘zlar qо‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika, telekо‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49. Qisqartmalaming barcha turlari va ularga qо‘shiladigan qо‘shimchalar qо‘shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: О‘zXDP MK (О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.
50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan kо‘rsatiladi: yо‘о‘q , nimaa, himm, ufff kabi.
Dostları ilə paylaş: |