O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə57/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

63. Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jо‘nalish kelishigida bо‘lgan birikmalar ajratib yoziladi.
64. Belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi kо‘pdan kо‘p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
65. Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan sо‘zlarga i shaklida, unli bilan tigagan sо‘zlarga yi shaklida qо‘shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan sо‘zlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi о‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan sо‘zlar qо‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.


Bosh harflar imlosi


66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, О‘rinova Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat о‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif Sо‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi.
67. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyо‘l (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yorqoq (yaylov), Qoratog‘, Pomir (tog‘lar), Oqtepa, Uchtepa (tepalar), Zarafshon, Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi.
68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bо‘lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.
69. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asar­lariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vosi­talari, sport inshootlariga qо‘yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), “Saodat” (firma), „Navrо‘z” (xayriya jamg‘armasi), “Kamalak” (matbaa birlashmasi), „G‘uncha” (bog‘cha), “Botanika” (san­atoriy), “Paxtakor” (stadion), “Qutlug‘ qon” (roman), “Dilorom” (op­era), “Tanovar” (kuy), “Ozodlik” (haykal), “Jasorat” (yodgorlik), “Sino” (sovutgich) kabi.
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi sо‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navrо‘z bayrami kabi.
71. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir sо‘z bosh harf bilan boshlanadi: О‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, О‘zbekison Respublikasi Prezidenti, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashki­loti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi sо‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning о‘rinbosari; Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, О‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi bi­rinchi sо‘z bosh harf bilan boshlanadi: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qо‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunosl instituti kabi.
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir sо‘z bosh harf bilan boshlanadi: “О‘zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yul­duz” (medal). Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birin­chi sо‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: “Sog‘lom avlod uchun” (orden), “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin