O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə79/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

2. O`zbekcha so`zlar. O`zbek tili ichida o`zbek tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan so`zlar o`zbekcha so`zlar deyiladi. O`zbekcha so`zlar o`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida, o`z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Asli o`zbekcha so`zlarga shu tildagi so`z yasovchi qo`shimchalar qo‘shilishi natijasida hosil qilingan so`zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo`l+lan+ma, o`t+kaz+gich, tur+g`un, bola+larcha.
2. Boshqa tildan o`zlashgan so`zlarga o`zbek tilidagi yasovchi qo`shimchalarni qo`shish bilan yasalgan so`zlar: a) tojikcha so`zlardan yasalgan so`zlar: mard+lik, jang+chi, do`st+lik, pul+siz; b) arabcha so`zlardan yasalgan so`zlar: rahbar+lik, qimmat+li, shifo+la+moq, nifoq+chi, nomus+li; d) ruscha-internotsional so`zlardan yasalgan so`zlar: sport+chi, razvedka+chi, beton+la+moq, ekskavator+chi.
3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi qo`shimchalar yordamida o`z va o`zlashma so`zlardan hosil qilingan so`zlar: til+shunos, mehnat+kash, chizma+kash, kitob+xon, ilm+iy, vagon+soz va boshqalar.
II. O`zlashgan qatlam. Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibiga tarixiy sabablarga ko`ra boshqa tillardan ko`plab so`zlar kirib kelgan. O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar o`zlashgan so`zlar (olinma so`zlar) deb yuritiladi. O`zlashgan so`zlar uyg`ur, tojik, arab, rus, nemis, fransuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.
O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlarni quyidagi qatlamlarga bo`lish mumkin:
1. Fors-tojikcha so`zlar: Bu so‘zlarning o‘zlashishiga sabab shuki, o‘zbek va tojik xalqlari asrlar mobaynida qo‘ni-qo‘shni bo‘lib yashab kelyapti. Shunga ko‘ra, osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g`isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi tabiiy holdir. Misollardan ko‘rinyaptiki, fors-tojikcha so‘zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, so‘zlar oxirida jarangsiz undoshlardan kеyin t, jaranglidan kеyin d tovushlari ishtirok etyapti;

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin