O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


GRAMMATIKA VA SO’Z YASALISHIGA OID TUSHUNCHALARNI



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə47/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

GRAMMATIKA VA SO’Z YASALISHIGA OID TUSHUNCHALARNI
SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI.

Reja
1.O‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari.


2.Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni.
3. So‘zning morfem tarkibini o‘rganish tizimi.

Boshlang’ich sinflarda morfologiyadan ,,ot", ,,sifat", ,,son", ,,fe'l", ,,kishilik olmoshi"


tushunchalarini; siktaksisdan ,,gap", ,,ega", ,,kesim", Jkkinchi darajali bo’lak", ,,uyushiq bo’lak",
,,undalma" kabi tushunchalarni; so’z yasalishidan ,,o’zak", ,,qo’shimcha", ,,o’zakdosh so’zlar"
kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar aqliy faoliyatini
to’g‘ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining
xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo’lishini ko’z oldiga aniq
keltirishi lozim.
Grammatik tushunchalarni o’zlashtirish
391
Tushuncha atrofmuhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o’zaro
aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko’rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Ti) hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya'ni
tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib
chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan
farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va
umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi.
Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va
boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan
dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar
umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p
qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur
ma'lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta‘lim jarayonida vujudga keladi
va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik
tasawur hamda bilimlar yig‘indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina
ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish
jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib
olish jarayoni ham hisoblanadi. o’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning
mavhumkshtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog‘liq.
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay ohnaydilar va ularning
muhim grammatik belgilariga ko’ra birgunihga birlashtira olmaydilar, tushunchani
shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’1 qo’yadilar. Masalan, fe'l o’rganilganda o’quvchilar
fe'l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, o„qimoq, olmoq kabi fe'llarda
leksik ma'no grammatik ma'noga mos keladi. Ko’p fe'ilarda bunday moslik bo’lmaydi.
Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning
boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi:
uxlamoq, o„ylamoq, sevmoq, o„smoq, ko„karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng
ma'noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga
qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma'nosida aniq tasawur qiladilar. Shuning
uchun fe'lni o’rganishning Boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turrnoq, qizfirmoq
kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni
o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi
so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda
mavhumlashtirish ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma'nosidan
grammatik ma'nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni
hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, kim? yoki nima?
so’rog‘iga javob bo’ladigan barcha so’zlar ,,ot" turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son
(birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu
so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning
oldini olish uchun ta‘lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin