O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə44/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi
O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovnshlar talaffuzini kuzatishga asoslanib
tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar
faol qatnashishi va ularga jufti borjarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik
muhim ekanini yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir
paqir, giil — kul, dil — til, zina — sina, joy — choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash
maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b—p, v—f, g—k, d—t, z~s,j—ch, j—
sh tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil' qilishiga
qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin
va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga
quyidagicha yozib qo’yiladi:
389
Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, l,j,j, g’. Jufti bor jarangsiz undoshiar: p, f, k, t,
s, ch, sh, x. Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil
fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun
o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko„1, bilim, otam, olmos; quyon, bino;
shifoner, fabrika; tong, singil; qo 'y, kiyik kabi so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini
taqqoslaydilar va /, m, n, r, ng, y jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin
eshitilishini, ya'ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q
jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda o’quvchilar q, h
undoshlari talaffuz qilinganda, faqat
|'shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufii yo’q
jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko’rinishda
yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi):

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin