O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə45/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

Jufti yo’q jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y
Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi
shu harf yozilishini, ya'ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor
jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bunday moslik bo Imaydi, ya'ni ko’pincha uning
jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, oiot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani
uchun I sinfdanoq o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug‘iladi.
Dasturga ko’ra, 1sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning jarangsiz
jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan
tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. o’quvchilar
fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning |yozilishini quyidagicha
tushuntiradilar:
Kitob so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shu
Ining uchun so’zni tekshirish kerak. Shu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z
tanlayman: kilobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini
yozaman.
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va jko’nikmalarni
egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish. 2. So’z oxirida kelgan jufti bor
jarangli undosh tovushning jarangsiz Ijufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish
kerakligini Ibilish.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush ibilan almashmasligini
bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush [kelgan so’z tekshinivchi so’z bo’la olishini biiish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash ' (kitobi — kitob,
maqsadi maqsad, maqsadga).
Shunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini,
qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli
va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim maktab, tuzi
tuz kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh
tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh
tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda,
yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim
oldin yozadilar: avlodi — avlod, kitobi — kitob.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin