Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.
O’qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli - harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o’zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi, usul va vositalar (texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini o’zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni;
ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik hamda o’quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik xarita).
Ta’lim texnologiyasi- pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli»
«Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yaratish, qo’llash va aniqlash tizimidir»
TIZIM deb tartiblangan, o’zaro uzviy bog’langan va birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi.
Pedagogik texnologiyalarning mezonlari.
Pedagogik texnologiya tushunchasi uch jixati bilan ko’rsatilishi mumkin.
- ilmiy: Pedagogik texnologiya- ta’lim jarayonini loyixlashtiriuvchi, uning maqsadlari, mazmuni va o’qitish usullarini o’rganuvchi xamda ishlab chiquvchi pedagogika fanining tarkibiy qismidir.
- jarayonli-tavsifiy: jarayonlar tavsifi (algoritmi), loyixalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish uchun ta’lim maqsadlari, mazmuni, usuli va vositalar majmuasi
- jarayonli amaliy: Pedagogik texnologiya jarayonini amalga oshirish. Butun shaxsiy, uskuna va uslubiyat vositalarning faoliyat ko’rsatishidir.
ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiya tushunchasi quyidagi uch darajaga bo’linadi;
1. umum pedagogik texnologiya- ta’lim tizimining aniq qismi, o’quv yurti ta’lim bosqichining ma’lum davri uchun ta’lim jarayonini tavsiflaydi.
2. Xususiy predmetli (uslubiy) daraja- bir fan . sinf tarbiyachi doirasida o’qitish mazmuni va ta’lim tarbiyani amalga oshirishga xizmat kiladigan usul va vositalar majmuasidir.
1. Lokal (modulli) daraja- ta’lim tarbiya jarayonini qismlarining texnologiyasi (faoliyat turlari texnologiyasi, mashg’ulot texnologiyasi, yangi tushunchalarni xosil qilish, takrorlash. Nazorat qilish texnologiyasi, tarbiya turlari texnologiyasi va xakozo).