O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Pedagogik texnologiyada qo'llaniladigan usul va vositalar



Yüklə 209,6 Kb.
səhifə9/11
tarix17.05.2023
ölçüsü209,6 Kb.
#115288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rahimova Gulnoza kurs ishi (2)

2.2. Pedagogik texnologiyada qo'llaniladigan usul va vositalar
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi.
Bugungi kunda turli tipdagi ta ’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi.
Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko'rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak, shundagina ta’lim - tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlami amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o'quv-metodik majmualar tajribasinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak.
Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta ’lim natijasining sifat ko'rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to'sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega.
O'tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog'liq tarzda ta’lim dasturlari, va mashg’ulot ishlanmalari, metodik qo'llanmalar, didaktik ishlamnalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur.
Agar ta’lim dasturi tajribadan o'tkazilayotgan bo'lsa. kuzatilayotgan ta'lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko'rgazmali qurollar, o'quv qo'llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo'llaganligiga emas, balki o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi.
Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko'lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o'zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o'zining tayanch metodologiyasiga ega bo'lgan pedagogika fanining muhim tarmog'i sifatida namoyon bo'ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini yangidanyangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta'lim modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgandir.
Pedagogik prognostika bola shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta’lim texnologiyalari doirasida bolalarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassanilashgan bilimlarni taqdim etish yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o'quvchi hamda o'qituvchining jonli faoliyat ko'rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog'i lozim.
Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan harqandn5^pedngogik texneiegiya; uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, tarbiyachi faoliyati orqali o'tishidan qat’iy nazar, bolaning jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi.
Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir bolaning boshqa bolalar bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik-texanologiyalar pedagogik-amaliyotning bola shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo'lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o'tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologiyafttrrg asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlami shakllantirish, rivojlantirish sanaladi.
Bu o'rinda ta'lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va m e’yorlami o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik, bolalar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi.
An’anaviy ta'lim da pedagog ta’lim mazmunining subyekti, bolalar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida bola o'z ta’lim faoliyatining subyekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta ’lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda ta’lim -tarbiya vazifalarini hal etadi..
Ushbu pedagogik texhologiyada ta ’lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g'oyasi muhim o'rin tutadi.
Bu g'oya qay darajada amalga oshirilganligi ta'lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda ta’lim- tarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo'lgan munosabat hisoblanadi.
Insonning boshqa mavjudotlardan farqi — o'z oldiga m a’lum bir maqsad qo'yib, so'ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to'siqlarni engib o'tadi. Bu to'siqlami bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to'siqni engib o'tish uchun qo'llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi.
Inson maqsadga etishda bir necha, ba’zan esa o'nlab-yuzlab to'siqlam i yengishiga to'g'ri keladi. Bu to'siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo'llanadi. Maqsadga yetishda qo'llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi.
Usullarni ma’lum bir uslubda qo'llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko'rsatkichlariga bo'ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.
Ta’lim uslubi —pedagog bilan bolalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. Ta’lim berish uslublari ta’lim jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo'lmaydi.
Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so'z orqali ifodalash, ko'rgazmali va amaliyga bo'linadi. Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda bolalarning ta’lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar:
tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo'llaniladi.
Ta’limning og'zaki uslublariga: hikoya, m a’ruza. suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublami qo'llashda pedagog so'z vositasida o'quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, bolalar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladi.
Hikoya uslubida bolalarga beriladigan ta’lim mazmunini og'zaki bayon qilish ko'zda tutiladi. Bu uslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shularjumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o'ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko'rgazmalami muvaflfaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.
Ma’ruza — bilimni so'z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og'zaki bayon qilishni ko'zda tutib, o'z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.
Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og'zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o'quvchi-talabalam ing diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta’rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi.
Suhbat uslubi atroflicha o'ylangan savollar yordamida pedagog bilan bolalar orasidagi suhbatni ko'zda tutib, u bolalarning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o'zlashtirishga olib keladi.
Suhbat uslubini qo'llashda savollami qo'yish (asosiy, qo'shimcha, yo'llovchi va boshqalar), bolalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi.
Ta’limning ko'rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali va namoyish qilish uslublari.
Ko'rgazmali uslubi bolalarga namoyish etiladigan qo'llanmalar. jumladan. xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko'rsatishni ko'zda tutadi. Namoyish qilish uslubi. odatda, qurilma, asboblar. tajribalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog'liq.
Ta'limning ko'rgazmali uslublarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular so'z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg'unlashib ketadi. So'z va ko'rgazm alilikning cham barchas bog'liqligi shundaki, obyektiv borUqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo'llanishni taqozo etadi. Demak, so'z va ko'rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta'lim vazifasining o'ziga xos xususiyati. mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalarning xarakteri, o'quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib. aniq bir holatda ular oqilona uyg'unlashtiriladi.
Amaliy uslublar tarbiya faoliyatining xilma-xil turlari keng doirasini qamrab oladi. Amalda quyidagi usullar qo'llaniladi: vazifa (maqsad)ni qo'yish, uni bajarish uslubini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash. maqsadga to'liq erishish uchun ta ’lim jarayoniga tuzatish kiritish.
Amaliy mashqlaming aniq turlaridan biri mashqni sharhlash hisoblanadi. Uni bajarishda o'quvchi-talaba bo'lajak xatti-harakatini faol mushohada qiladi, o'ziga o'zi eshittirib gapiradi hamda bo'lajak voqeani sharhlaydi. Harakatni sharhlash o'quvchi-talabaga o'zining tipikxatosini anglashgavaharakatigatuzatishlar kiritishigako'maklashadi.
Amaliy tarbiya uslublarining ikkinchi guruhini laboratoriya tajribalari tashkil qiladi. Keyingi yillarda maktab, o'rta maxsus, kasbhunar ta ’limi muassasalari va oliy o'quv yurtlarida frontal laboratoriya ishlari mustahkam o'rin oldi.
Amaliy uslublar tarbiyani so’z orqali ifodalash va uni ko'rgazmali uslublar bilan mustahkamlash jarayoni bilan chambarchas bog'liqlikda qo'llaniladi, bunda mashq, tarbiya, mehnat operatsiyasini bajarishdan oldin o'qituvchi (pedagog) tushuntirish beradi, ko'rsatadi. Og'zaki tushuntirish va ko'rgazmali namoyish, odatda, mashqni bajarish jarayonining o'zi bilan bir vaqtda olib boriladi.
Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo'llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o'qituvchi (pedagog) awalo, muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo'yadi, masalalarni, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to'g'riligini tasdiqlaydi. O'quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo'llari to'g'risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o'quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Ta’lim materialini muammoli uslub yordamida o'tish muammoli tuzilgan ma’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, faktlarni tahlil qilish, o'quvchitalaba fikrini o'z ortidan ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishni ko'zda tutadi.
Muammoli -qidiruv uslublari ko'proq ijodiy bilim faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo'llanadi. Ular o'quvchitalabalarning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi.
Bu uslublar ta’lim jarayonida tushuncha, qonun va nazariya kabilarni shakllantirish ko'zda tutilganda, faktik axborotni m a’lum qilish, mehnat faoliyatining laboratoriya tajriba ta’lim ko'nikmalarini hosil qilishda, o'quv materialining mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo'lmasdan, ilgari o'rganilganining mantiqiy davomi bo'lsa, uning asosida bolalar yangi bilimni qidirish uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sababoqibat va boshqalarga olib kelsa, samaraii qo'llanadi.
Muammoliqidiruv uslublari ko'proq pedagoglar bolalarni muammoli vaziyatni yechish faoliyatiga tayyorlagan hollarda qo'llanadi. Shuning uchun bu uslub o'zini ilmiy-tadqiqot ishlariga bag'ishlagan talaba yoshlarga asqotadi.
Pedagog, odatda, o'z oldiga bolalar materialning mazmunini tushunib, o'zlashtirib olishsin, m a’lum bilimlarni egallab amaliyotda qo'llashga o'rgansin, degan maqsadni qo'yadi. Lekin o'zlashtirish, tushunish, qo'llash nimani anglatadi? Pedagog o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishganligini qanday biladi?
Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo'lgandagina, pedagog o'zining mehnati samaraii ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. O'qitish uslubini tadqiq qiiishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.
Pedagog jamiyat dan buyurtmani umumiy ko'rinishda oladi. Hattoki, ta’lim dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu erda maqsadlami aniqlashtirishning o'ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan — ta’lim tizimi vazifalariga. ulardan—m a’lum o'quv yurti, o'quv predmeti, uning mavzuli bo'limlari va alohida o'quv maqsadlariga o'tish mumkin.
M.V.Klarin ta’limoti bo'yicha pedagoglar tomonidan maqsadlami belgilashning an’anaviy usullari quyidagilar:
1. ta’lim materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash.
2. Maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash.
3. Bolaning intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonununiyatlari orqali ta’lim maqsadni qo'yish.
4. Ta’lim maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo'yish.
Shu munosabat bilan o'qitishning maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog yoki bolaning faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo'lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar faoliyatining faqat tashqi namoyon bo'lishidan xulosa chiqarish mumkin.
Pedagog o'qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish mumkin bo'lgan tashqi belgilarini, ya’ni so'zlashish, harakatlanish jarayonini to'la tasvirlashga intiladi. Ba’zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va ushbu jarayon orqali natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin.
Zamonaviy pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlami qo'yish uslubi o'zining ashyoviy xususiyatiga ega. Bu shundan
iboratki, o'qitish maqsadlari talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko'rinadigan va o'lchanadigan natijalar orqali belgilanadi.
Demak, an’anaviy o‘quv jarayonida asosiy omil bu pedagogning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o‘ringa ta’lim jarayonidagi talabalarning faoliyati qo'yiladi.
Ilg'or ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o‘ziga xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi.
Qo'llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo'nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta’minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta'limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida aniqlashga o'tish, bo'lim mazmunini yaxlit holda o'zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o'rganib qolgan an’anaviy ta’lim o'rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo'lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o'tishni taqozo qiladi.
Ta’limni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:
- ta'lim jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta’minlash;
- ta’lim maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish;
- ta’lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqariluviga erishish;
- ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish.
Hozirgi vaqtda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- muntazam tahlil qilib borish;
- loyihalashtiruvchi vositalaming eng zarurini tanlash;
- metod va usullaming maqsadga muvoflqligini aniqlay bilish;
- olinishi zarur bo'lgan natijasini oldindan taxmin qilish, ya’ni maqsadlaming amalga oshishiga erishish;
- ta’lim jarayonining yaxlitligini ta ’minlash.
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga bir qator yangi elementlami olib kirishni taqozo qiladi. Bular quyidagilar:
1. Diagnoz.
2. ta’lim birliklarini (mezonlarini) belgilash.
3. Diagnostik tahlil.
4. Tuzatish kiritish (korreksiya).
5. Qayta to ‘latish (ketma-ketlikni yo'qotish).
6. Kutilishi lozim bo'lgan natijani olish.
7. Reyting.

XULOSA
Yuqorida keltirilgan tamoyillar va elementlarga asoslangan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta ’lim jarayoniga joriy qilish, xorijiy hamda ham do‘stlik davlatlaridagi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o‘zimizning zamonaviy pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlami umumlashtirish va amalda qo‘llash uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:
1. Ta’lim jarayonining ishtirokchilari pedagog va bolalar o'rtasida ta’lim mehnati rejasini ishlab chiqish, ya’ni pedagog bolimni yoki bobni o‘rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada bola faoliyati o‘z aksini topmog'i lozim.
2. Mashg’ulotning ichki bog‘lanishi yoki mashg’ulotlararo bog‘lanish imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish. Ma'lumki, har bir o‘rganiladigan kichik yoki yirik ta’lim birliklari oldin o‘rganilganlariga tayanadi.
Demak, bolani yangi bo‘lim, bobni o‘rganishga olib kirishda undagi mavjud bilimlarga tayanib, agar mavjud bilimlar yangi bobni, bo'limni o'rganishga yetarli bo'lmasa, oraliq tayyorgarlik olib borish va shundan keyingina bolalarni bilimlarni o'rganishning navbatdagi bosqichiga olib kirish lozim. Bunday ishlash zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosiy elementlaridan biri diagnoz (tashxis) hisoblanib, bolalarning yangi yangi bilimlarni o'zlashtirishga qanchalik darajada tayyor ekanliklarini aniqlashdan iborat.
3. Ta’lim birliklari mezonlarini belgilash. Ta’lim birliklari bola tomonidan o'rganilishi lozim bo'lgan tushuncha, ta ’rif, qoida, qonunlar, hodisa va voqealardan iborat bo'lib, ular orasidagi mantiqiy bog'lanishning ta’minlanishini shu bob yoki bo'limning o'zlashtirilishiga olib keladi. Ta’lim birliklari о‘zlashtirilishi zarur bo'lgan mezonlar hisoblanib, bolalar bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o'lchanadi, ya'ni talaba ushbu ko'rsatilgan mezonlami bilsagina baholanadi.
4. Diagnostik tahlil. Bilim, ko'nikma va malakadagi kamchilikni aniqlash, ularni to'ldirish va navbatdagi o'zlashtirish bosqichiga ko'tarilish maqsadida quyidagi diagnostika tadbirlari amalga oshiriladi:
- o'quvchi-talabalar o'zlashtirish darajasini diagnostikalashtirish;
- bo'limlardagi yetishmovchiliklaming oldini olish;
- aniqlangan yetishmovchiliklarni to'ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;
- maxsus topshiriqlar bilan ishlash soatlarini belgilash;
- yakuniy diagnostik tahlil qilish.
Diagnostika ta'lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo'lib, uning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O'zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, har bir talabaning bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yo'li bilan ta’lim jarayonining kafolatlanganligi ta’minlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan test so'rovida amalga oshiriladi.
5. Qayta to'ldirish (nuqsonlarni yo'qotish). Qayta tuzatish kiritishdan maqsad, olingan bilimlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni bartaraf etish to'ldirish asosida amalga oshiriladi. Qayta to'ldirish asosan amaliy-tatbiqiy mashg'ulotlarda amalga oshiriladi. Shu maqsadda pedagog talabalar o'zlashtirish darajasidagi toidirishni amalga oshirmog'i lozim. Bunda pedagog tanlayotgan o'quv vazifasining darajasini talabalarda mavjud bo'lgan real bilimlarga moslashtirish zarur.
6. Kutilishi lozim bo'lgan natijalami olish. Bu element pedagogik texnologiyaning markaziy g'oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta ’lim jarayoni natijasida kafolatli bo'lishini talab qilar ekan, pedagog oldiga jarayonning borishini ko'zda tutilgan maqsadda amalga oshirish va aniq natijani mo'ljallab rejalashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Jarayon borishi davomida shu jarayon tahlil qilib boriladi, tuzatishlar kiritiladi, qayta to‘ldirishlar amalga oshiriladi va oldindan kutilishi rejalashtirilgan natija olinishiga erishiladi. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya deb ilgari surilgan g'oyaning maqsadi ana shundadir.


Yüklə 209,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin