Pedagogik muloqot – bu tarbiyachi bolalar bilan mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari psixologik xolat yaratish maqsadida olib boradigan kasbiy mahorati.
Pedagogik muomala ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalarga ega: shaxsni anglash, axborot almashuv, faoliyatni tashkil etish, rol almashtirish, hamdartlik, o’z qadrini bilish, ishtirokchilarni almashtirish, kechinmalar hosil qilish, o’zida ishonchni shakllantirish va h.k.
Axborotlarning almashinish funksiyasi materiallarning va ma’naviy sifatlarini almashtirish ta’lim-tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish, ichki ijobiy o’zgarishlarni hosil qilish hamkollikda bilishga oid qidiruv hamda ongli fikrlashga zarur sharoit yaratadi.
Pedagogik muomala tuzilishi –1) pedagog tomonidan guruh bilan bo’ladigan muomalani modellashtirishni «Prognostik bosqich». 2) dastlabki o’zaro faoliyatga kirishuvchidanoq bevosita muomalaga kirishuv (kommunikativlik hukm). 3) pedagogik jarayonda muomalani boshqaruv. 4) kelajakdagi faoliyatni inobatga olgan holda qo’llanilgan muomala sistemasi va modellashtirishni tashkil qilish.
Noto’g’ri pedagogik muomala bolalar qo’rquvini, ishonchsizligini diqqati xotirasini bo’shashtiradi, bilish qobiliyatini pasaytiradi, mustaqil fikrlashni susaytiradi va salbiy xulq-atvorni shakllantiradi. Natijada bolada tarbiyachi va predmetga nisbatan munosabat shakllanadi. Pedagogik faoliyatda tarbiyachi va bolalar hamkorligidagi uning samaradorligini ta’minlaydi.
V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko’rsatadi:
hamkorlikdagi ijodiy faoliyat asosidagi uslubi;
o’zlikni hush ko’rish asosida aloqa uslub;
masofa asosida aloqa o’rnatish uslubi;
do’qlash, qo’rqitish asosida aloqa o’rnatish usuli;
hazil yoki o’yin asosida aloqa o’rnatish usuli.
Sh.A.Amanashvili do’stlik asosida aloqa usuli haqida shunday g’oyani ifodalaydi («Agar bola bizdan uzoqlashsa, qanday qilib uni tarbiyalaymiz?»). «Faqat ma’naviyat birlik – bundan boshqa hech narsa bu birlikni buzishi mumkin emas». «Baqirish – insoniy munosabatlar madaniyati yo’qligini yaqqol ko’rinib turgan belgisidir. tarbiyachining baqirishi bolani dovdiratib garang qilib qo’yadi» - degan edi Suxomlinskiy.
O’zaro hamkorlikda pedagogik ta’sir ko’rsatishning usullaridan biri ishontirishdir. Ishontirish – shaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, hatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o’zgartirish tushuniladi. Ishontirish haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. haqiqiy ishonch, e’tiqod shaxsning hayot tarziga, uning ruhiy qiyofasiga, iroda va vijdoniga ta’sir etgani uchun ham inson uz ishonchini, e’tiqodini himoya qilib, ba’zan o’limga ham tayyor bo’ladi. Masalan: tarixdan bilamizki, xalq qahramoni oddiy cho’pon Shiroq, o’z elini bosqinchilardan saqlab qolish uchun jonini fido qilgan.
Soxta ishonch esa o’zi yashayotgan muhitdan atrofdagi kishilarning ta’sirida to’plangan salbiy xulq-atvor, tajribalar natijasida shakllanadi. Soxta ishonch va e’tiqod talabaning atrofidagi shaxslarning noto’g’ri, nopok hayoti natijasida quyidagi shakllardagi soxta ishonch paydo bo’ladi: halol mehnat bilan yashash ma’lumi qiyin kechadi. Shu bois ma’lum toifa shaxslar turli xil nopok yo’llar bilan turmush kechirishga harakat qiladilar.
Ishonch va ishontirish 3 ta tarkibiy qismdan iborat bo’lib, bular talabaning bilimlari, his-tuygusi va xulq-atvorida namoyon bo’ladi: