O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 209,6 Kb.
səhifə6/11
tarix17.05.2023
ölçüsü209,6 Kb.
#115288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rahimova Gulnoza kurs ishi (2)

Pedagogik texnologiyalar tasnifi
O’quv yurtlari faoliyatida pedagogika fanida xozirgi paytda pedagogik texnologiyalarning xilma-xil vositalari mavjud.Xar bir pedagog pedagogik jarayonga o’zining tajribasi, maxorati, bilimiga yarasha qandaydir innovatsiyalarni olib kiradi.
Pedagogik texnologiyalar o’z mohiyatiga ko’ra pedagogik sistemalarning tarkibiy qismi bo’lib xissoblanadi.Shuning uchun, pedagogik texnologiyalarni pedagogik sistemalar masalasi bilan birgalikda taxlil qilish mumkin.

Pedagogik sistema tarkibiga quyidagi bir-biri bilan bog’liq qismlar kiradi.


1.Ta’lim va tarbiya maqsadlari.
2.Ta’lim oluvchilar va ularning shaxsiy xususiyatlari.
3. Ta’limni olib boruvchi kompyuterlashgan texnik vositalar.
4.Ta’lim va tarbiya mazmuni.
5.Pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari.
6.Qo’yilgan maqsadlarni amalga oshiruvchi didaktik jarayonlar. Ijtimoiy (davlat) buyurtma

II BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING DARAJALARI, ASPEKTLARI, TUZILISHI VA NAZARIY ASOSLARI
2.1 Pedagogik texnologiyaning asosiy aspektlari
Pedagogik texnologiya" da uchta aspek bor. Ular quyidagilar:

  1. umumpedagogik 

  2. Xususiy metodik 

  3. Lokal 

Mazkur darajalarga to’liq izoh beriladigan bo’lsa, umumpedagogik (umumdidaktik) daraja:
Umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta'limning ma'lum bosqichida ushbu region, o’quv yurtida yaxlit ta'lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda pedagogik texnologiya pedagogik tizimga o’xshashdir: unga o’qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to’plami, faoliyat ob'ekti va sub'ekti algoritmi kiradi.
Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya "xususiy metodik" ko’rinishida qo’llaniladi, ya'ni bir fan, sinf, o’qituvchi doirasida o’qitish va tarbiyalash ma'lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to’plami sifatida ishlatiladi.
Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o’quv-tarbiyaviy jarayonning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Pedagogika o’z usullarini yo’q joydan yaratmaydi. U hayotdan kishilar xulq-atvorining real omillarini, bolalar hayotini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarni tanlab oladi, ulardan tarbiyaviy ishda muloqot orqali ta’sir ko’rsatish usullari sifatida foydalaniladi.
Muloqot orqali ta’sir etish bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatining pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishga xizmat qiladigan vositalar tizimidan iborat. Bu vazifalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, bolalarning xulq-atvorini rag’batlantiradi, qiyin va murakkab vazifalarni quvonch, ijodiy zavq-shavq manbaiga har bir talabaning shaxsiy muddaosiga aylantiradi.
Muloqot – pedagogik faoliyatning muhim kasbiy quroli bo’lib, olimlar A.A.Kobolev, H.B.Kuzanina, U.A.Kan-Kalik, A.A.Montev, A.N. Mudrik, A.U.Sherbakovlar muomalaning o’qituvchi faoliyatidagi muhim rol o’ynashini isbotlashgan.

Yüklə 209,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin