O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi


– bob. PEDAGOGIKA OLIY O’QUV YURTLARINING BAKALAVR



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/16
tarix12.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#128993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
541a7aa63d641

2 – bob. PEDAGOGIKA OLIY O’QUV YURTLARINING BAKALAVR BOSQICHIDA “BIO-SAVAR-LAPLAS” QONUNINI O’QITISH
METODIKASI……………………………………………………………….

  1. Pedagogika Oliy o’quv yurtlarining bakalavr bosqichida

“Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishda qo’llaniladigan vositalar………………………………………………………………………..

  1. “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishda kampiyuter texnalogiyalaridan foyadalanishning axamiyati…………………………………………………..

  2. Pedagogika Oliy o’quv yurtlarining bakalavr bosqichida

“Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishda innovatsion texnalogiyaridan foydalanish metodikasi……………………………………………………….
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………
3 bob. TAJRIBA SINOV ISHLARINI O’TKAZISH VA UNING
NATIJALARI TAHLILI…………………………………………………..

  1. Pedagogik tajriba – sinov ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi..

  2. Pedagogik tajriba – sinov ishlari natijalarining tahlili ...............................

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar .....................................................................
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR........................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVALAR

3
11
11
30
33

34


34
37

39
62


63
63
70
74
75

KIRISH.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. “Fan samaradorligini sifat jihatidan oshirishga quruq da’vatlar bilangina erishish mumkin emas. Ilmiy kadrlarga munosabatni ham tubdan o‘zgartirish, ularning ijtimoiy maqomini qat’iyan oshirish, chuqur struktura o‘zgarishlari qilish zarur”.
“Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi fan uchun hech narsani ayamayotgan mamlakat gullab – yashnayotganligini va bunday davlatda hamma yaxshi narsalarni odamlarning kuch – g‘ayratlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish ilmiy jarayonni jadallashtirishning asosiy omilidir”. “Fan sohasidagi kadrlarni jadal ko‘paytirish va yoshartirish uchun, O‘zbekiston intellektual imkoniyatlarini keskin darajada oshirish uchun respublika rahbariyati ajratishga, tegishli tashkiliy masalalarni hal qilishga tayyor”.
Ushbu fikr – mulohazalar bundan 21 yil avval prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan aytilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib esa yuqoridagi fikr – mulohazalar qay darajada teranligini, aytilgan gaplarning amaldagi amaliy natijasini ko‘rib turibmiz.
Binobarin, ta’limga tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Buning uchun har qaysi ota – ona ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy haqiqatdan kelib chiqqan holda,farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim – tarbiyani uyg‘un holda olib borishni talab etadi3 [1 (273 – 275)].
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.Bu haqda fikr yuritganda,men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat ,yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarni eslayman.


3 1. Karimov.I.A. “O‘zbekiston mustaqillikga erishish ostonasida” T.: O‘qituvchi 2011 – yil 273 – 275 b.
Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari o‘tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm – fan, kasb – hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish bilan bog‘liq jarayon uzoq yillar mobaynida bu sohada talay muammolar yig‘ilib qolganini ko‘rsatdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta’limini, ayniqsa , umumta’lim maktablarining moddiy – texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborini kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi4 [2 (62 – 63)].
Oliy ta’limda bakalavriat va magisratura tizimi joriy qilindi. Jahon standartlariga mos bu tizim oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu haqda to‘xtalib, shunday degan edi: “Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g‘ayrat – shijoatli shaxslarni, o‘z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma’naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin”. Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘p jihatdan mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlari bilan hamohang tarzda olib borilmoqda. Bunda asosiy yo‘nalishlar sifatida oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quv, o‘quv – uslubiy va ilmiy faoliyatni modernizatsiya qilish, ta’lim va tadqiqot jarayonlaridagi innovatsion yo‘nalishlarni kuchaytirish tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlardan kutilayotgan asosiy maqsad yuqori darajadagi intellektual salohiyatga ega bo‘lgan milliy mutaxasisslar kadrlarni tayyorlash texnologiyasi hamda ta’limning mazmunini yangicha bosqichga ko‘tarishdan iboratdir. Bu o‘rinda Prezidentimizning quyidagi fikrlari ushbu jarayonlarning ahamiyatini


4 2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” T.: Ma’naviyat 2009 – yil 62 – 63 b.
belgilab beruvchi va maqsad sari yo‘naltiruvchi dasturi amal bo‘lib hisoblanadi”: Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi5 muqarrar” [3 (159 – 160)].
Hozirgi kunda ta’lim tizimida fizika fanini, shu jumladan “Elektromagnetizm” bo’limini o’qitishga doir bo’lgan metodik qo’llanmalar faqatgina maktab, KHK va AL lar uchun ishlab chiqilgan. Oliy o’quv yurtlari, jumladan pedagogika oliy o’quv yurtlarida umumiy fizikaning ixtiyoriy bo’limi yoki mavzusini o’qitish metodikasiga doir ilmiy ishlar yo’q. Shu sababdan ham oliy o’quv yurtlarida xar qanday mavzuni o’qitish metodikasini ishlab chiqishga bag’ishlangan ishlar dolzarb hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu dissertatsiya mavzusi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri sanaladi.
Tadqiqot mavzusining maqsadi:

Pedagogika oliy o’quv yurtlarining bakalavr bosqichida
“Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish, bunda innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish, kerakli tavsiyalar berish.
Bu maqasadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo’yiladi.
Tadqiqot mavzusining vazifalari:

  1. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitishning bugungi ahvolini o’rganib chiqish va kerakli xulosalar chiqarish.

  2. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish va kerakli tavsiyalar berish.

  3. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitishda innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha kerakli tavsiyalar berish.



5 3. Karimov. I.A “Barkamol avlod-orzusi” T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi” 2000 – yil 159 – 160 b.

  1. “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishga doir dedaktik materiallarni tayyorlash.

  2. ishlab chiqilgan usullardan foydalanib, fizika ta’limi jarayonida pedagogik sinov – tajribalarni o’tkazish va natijalarni umumlashtirib analiz qilish.
Tadqiqot mavzusining o’rganilganlik darajasi:

Oliy o’quv yurtlari uchun bu mavzuni o’qitish metodikasi xali o’rganilmagan. Nazariy jihatdan esa bir qancha o’quv adabiyotlari mavjud va shu bilan bir qatorda bu mavzuga tegishli bo’lgan masalalarni o’z ichiga olgan bir qancha masalalar to’plamlari ham chop etilgan.
Bu adabiyotlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirishimiz mumkin bu albatta adabiyotlarninng bir qismi sanaladi.

  1. B.F.Izbosarov, I.R.Kamolov “Elektromagnetizm” “Iqtisod-molya” nashriyoti Toshkent-2006.

O’quv adabiyoti 9 ta bob, ilovalar va foydalanilgan adabiyotidan iborat bo’lib, 338 saxifani tashkil etadi.
Bu kitobning VI bobi Tokning magnit maydoni deb nomlangan bo’lib aynan shu bobda mening dissertatsiya mavzuyimga oid ma’lumotlar berib o’tilgan.
Tokning magnit maydoni deb nomlangan bobning boshlanishida magnit maydon haqida aniq ta’riflar keltirilgan bo’lib juda sodda tarzda tushintirib berilgan. Bunda, magnit maydon induksiyasi, kuchlanganligi va magnit mamenti xaqida juda sodda til bilan ma’lumotlar berib o’tilgan. Bu kitobda yana toklarning magnit maydonini aniqlash yo’llari xaqida ham gap ketadi, shu bilan bir qatorda 1820 – yilda Bio, Savar va Laplaslar tamonidan aniqlangan Bio – Savar – Laplas qonunining yaratilishi xaqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan.
Bunda, Bio – Savar – Laplas qonunining tadbiqini, to’g’ri tok, aylanma tok, salenoidlar uchun keltirib chiqarishda ikkita k va k proparsionallik koeffitsiyenti kiritilgan bo’lib, ularning nimaga teng ekanligi xaqida ma’lumotlar berilmagan. Faqatgina mavzuning oxirida ularni birga tenglab natijaviy formulalar keltirib chiqarilgan. Bu esa kitobni o’qiyotgan har bir foydalanuvchida tushinmovchilikni
keltirib chiqaradi, manashu kitobning eng katta kamchiliklaridan biri deb o’ylayman.

  1. J.Kamolov, I.Ismoilov, U.Begimqulov, S.Avazboyev “Elektr va Magnetizm” “Iqtisod-molya” nashriyoti Toshkent-2007.

Bu o’quv qo’llanma 8 ta bobdan iborat bo’lib, 277 saxifani tashkil etadi.
Bu kitobning 4 – bobi O’zgarmas tokning magnit maydoni deb nomlangan bo’lib, u 140 – betdan 166 – betgacha bo’lgan oraliqn o’z ichiga oladi.
Bu bobda magnit maydon va uning xossalari xaqida gap ketgan bo’lib, uning ustunligi tokli o’tkazgich atrofida magnit maydon borligini tasdiqlovchi Ersted tajribalari keltirilganligidadir.
Bu kitobda ham Bio va Savarlarning olib brogan tajribalari va Laplasning ularning topgan ifodalarini umumlashtirganligi xaqida qisqa ma’lumotlar berib o’tilgan bo’lib, o’quv qo’llanmada to’g’ri tokning magnit maydon induksiyasining keltirib chiqarilishi juda oson yo’l bilan keltirib chiqarilgan bo’lib, chizma aniq va ravshan qilib chizilgan. Lekin, aylanma tok, solenoid, taroidlarning magnit maydon induksiyalarining faqatgina natijaviy ifodasi berib o’tilgan bu esa o’quv qo’llanmaning kamchiligi xisoblanadi.
s) S.Orifjonov “Elektromagnetizm” “Noshir” nashriyoti Toshkent-2011.
Bu kitob kirish, 10 ta bob va ilovalarni o’z ichiga olgan va 300 varaqni tashkil qilgan. Bu kitobning 3 – bobi men o’rganayotgan mavzuni o’z ishiga oladi. 3 – bob 84 – betdan 110 – betgacha bo’lgan oraliqda joylashgan. Bu bob Tokning magnit maydoni deb nomlanadi. Bu bobda quyidagi mavzular o’z ifodasini topgan.

  • Magnitlar.

  • Tokning magnit maydoni. Amper qonuni.

  • Magnit maydon xossalari. Magnit maydon tenglamalari.

  • Bio – Savar – Laplas qonuni.

  • Tokli konturning uzoq masofalardagi magnit maydoni.

Bu kitobda elektromagnitizm haqida juda qiziqarli ma’lumotlar berib o’tilgan. Lekin shu bilan bir qatorda magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligining xar – xil shakllardagi qiymatlari hisoblab topilgan.

  1. I.V.Savelev “Umumiy fizika kursi” II qism “O’qituvchi” nashriyoti Toshkent-1975.

  2. S.E.Frish, A.B.Timoreva “Umumiy fizika kursi” II qism “O’qituvchi” nashriyoti Toshkent-1972.

Kabi yetuk olimlar ma’lumotlar berib o’tishgan.
Tadqiqot mavzusining obekti:

Pedagogika oliy o’quv yurtlarining bakalavr bosqichida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitish jarayoni. Tadqiqot mavzusining predmeti:
Pedagogika oliy o’quv yurtlarining bakalavr bosqichida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitish metodikasi, uslubi va vositalari, Pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun fizikadan o’quv dasturi va unga mos keluvchi o’quv adabiyotlarini tahlil qilish ular asosida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitish mazmuni va darslarni o’tish metodikasini ishlab chiqish.
Tadqiqot mavzusining metodlari:

Ilmiy – metodik manbalarning tahlili, baxs munozara, anketa so’rovnomalar, savol – javob, suhbat, kuzatish, test va pedagogik tajribalar.
Tadqiqot mavzusining ilmiy farazi:

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining ilmiy farazi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. pedagogika oliy o’quv yurtlarining bakalavr bosqichida

“Bio – Savar – Laplas” qonunini nazariy o’qitishda ilmiylikka erishish, talabalarning bilim darajasini oshirish;

  1. “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishda talabalarning fikrlash va tafakkur qilish qobilyatlarini rivojlantirish;

  2. “Bio – Savar – Laplas” qonunining moxiyatini ochib berish;

  3. bo’lajak fizika o’qituvchilarini tayyorlashda “Bio – Savar – Laplas” qonunini chuqur o’rganishga erishish;

  4. talabalarning “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish.
Tadqiqot mavzusining nazariy asoslari:

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan asarlari, farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tamonidan ta’limga oid, kadrlar tayyorlash muammolariga, Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo’yicha chiqarilgan qarorlari tashkil etadi.
Tadqiqot mavzusining ilmiy yangiligi:

  1. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitishning bugungi ahvolini o’rganib chiqildi va kerakli xulosalar chiqarildi.

  2. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitish metodikasi ishlab chiqildi va kerakli tavsiyalar berildi.

  3. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitishda innovatsion va axborot texnalogiyalaridan foydalanish uchun kerakli tavsiyalar berildi.

  4. “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishga doir dedaktik materiallar tayyorlandi.

  5. ishlab chiqilgan usullardan foydalanib, fizika ta’limi jarayonida pedagogik sinov – tajribalar o’tkazildi va natijalari umumlashtirib analiz qilindi.
Tadqiqot mavzusining amaliy ahamiyati:

Fan – texnika taraqqiyoti natijasida, fizika fani izchil rivojlanib borayotgan shu asrimizda biz yangiliklar yaratishimiz kerak bo’ladi. Shu munosabat bilan o’quv – tarbiya jarayonining darajasini ancha oshirish zarurati tug’ildi, yoshlarga umumkasbiy fanlarni o’qitishda talabalarning fan asoslarini chuqur egallashini ta’minlash, ularga kasbiga e’tiqod, mexnatsevarlik, axloqiy soflik kabi xislatlarni shakillantirish, Vatanimizga muxabbat va uning kelajagi uchun o’zining xissasini qo’shishga tayyor turadiga va komil inson ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo’lib. Shu bilan birga mavzuning insoniyat xayotidagi ro’lini talabalarga yetkazishdan iborat.
Kutilayotgan natijalar va muammo yechimlari:

Oliy o’quv yurtlari talabalarini elektromanetizm bo’limi yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarini shakillantirish jarayonida “Bio – Savar – Laplas” qonuni mavzusini o’qitishda ta’lim texnalogiyalarini yaratish va qo’llash. Shu bilan birga uning samaradorligini aniqlash.
Tadqiqotning strukturaviy tuzilishi:

Kirish, uch bob, 7 ta paragrif, 20 ta rasm, 3 ta jadval, 2 ta diagramma, 90 ta formula va har bir bob bo’yicha xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan.
Tadqiqot o’tkaziladigan tajriba – sinov maydonchasi:

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.
1 – bob. “BIO – SAVAR – LAPLAS” QONUNI


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin