Hajmiymodellar. Agar qurolni yoki tuzilmaning o’zini ko’rsatish mumkin bo’lmasa, unga aynan mos keladigan modellardan foydalaniladi. Masalan, elektr dvigatellari.
Kinematik sxemalar – faner yoki kartondan yasalgan modellar yoki sxemalar. Bunday sxemalarning ayrim qismlari harakatlanuvchi bo’lib, hodisaning yuz berish mexanizmini yoki qurolning ishlash prinsipini yaqqol ko’rsatadi. Bularga elektrlashtirilgan sxemalar ham kiradi.
Kollektsiyalar. Fizika kursini o’qitishda turli predmetlarning materiallariga tegishli kollektsiyalar qo’llaniladi. Masalan, magnitlar.
Jadvallar va plakatlar – turli murakkab qurollarning tuzilishi bilan o’quvchilarni tanishtirish vaqtida qo’llaniladi. Bunday plakatlar turkimiga quyidagilarni qo’shsa bo’ladi: asosiy fizik kattaliklar, asosiy fizik birliklar, fundamental doimiylar, buyuk fizik olimlarning partretlari va boshqalar.
Diagrammalar. Fizika o’qitish jarayonida, o’qituvchilar ko’pincha taqqoslovchi diagrammalardan foydalanishadi.
Grafiklar – fizik kattaliklar orasidagi funktsional bog’lanishlarni o’rgatishda muxim axamiyatga ega. Masalan; edago maydon induktsiyasining masofaga bog’liq ravishda o’zgarish grafigi. Bunda asosiy e’tibor, tayyor grafikni emas, uning dinamikasini ko’rsatishga qaratilishi kerak.
Epiproyektsiya – shaffof bo’lmagan jismlarning sirtidagi jismlarni proektsiyalab ko’rsatishga qo’llaniladi. Masalan, kitoblardagi rasmlar, sxemalar, mayda detallar proektsiyalanadi. Katta o’lchamli rasmlarni va chizmalarni o’ziday qilib tayyorlash mumkin.
Radio eshittirish va teleko’rsatuvlar, kinofilm va magnitafonlar.
Kampiyutertexnalogiyavamultemediyaxizmatlari.
Endi biz “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishda kampiyuter texnalogiyasi va multemediya xizmatidan foydalanish metodikasini ko’rib chiqaylik23 [21. (61- 63)].
Fan – texnika rivojlanib borayotgan XXI asrda yashayotgan ekenmiz shuni aloxida ta’kidlab o’tishimiz kerak bo’ladi.
Texnikaning yutuqlarini bevosita fanning rivojlanishi deb qarash mumkin bo’ladi.
Bizga ma’lumki XXI asr axborot asri, shunday ekan bunchalik ko’p va murakkab axborotlarni o’qib o’rganish uchun ta’lim jarayonida bevosita axborot texnalogiyalarini qo’llashga sabab bo’ldi. Buning yaqqol misoli sifatida hozirgi kunda jadal suratlarda rivojlanib kelayotgan yangi innovatsion texnalogiyalari va shu bilan bir qatorda kampiyuter texnalogiyalari va mutemediya hizmatlarini aloxida ta’kidlab o’tishimiz kerak bo’ladi.
Chunki, kampiyuter xizmatlari yordamida kerakli axborotlarni o’z vaqtida karakli joyga yetkazib berishimiz orqali ta’limning samaradorligini oshirishimiz mumkin bo’ladi. Kampiyuter texnalogiyalari yordamida masofaviy ta’limni, internet xizmatlarini va shu bilan bir qatorda multemediya xizmatlarini hamda o’rganuvchilarning tushinishi qiyin bo’lgan materiallarni animatsion lavxalar, video roliklar orqali aniq tasavvur qilishlari uchun shart sharoitlarni yaratishimiz mumkin bo’ladi.
Bizga ma’lumki eshitishga qaraganda aytilayotgan ma’lumotlarni ko’rib turgan holda eshitish axborotlarni tushinishda katta ro’lni o’ynaydi.
Endi “Bio – Savar – Laplas” qonuniga tegishli bo’lgan ayrim hodisalarni tushintirishda kampiyuter texnalogiyasi hamda multemediya xizmatlarining tutgan o’rniga qisqacha to’xtalib o’tsak.
23 Djoraev. M. Fizika o’qitish metodikasi – T.: TDPU. – 2013 (61 – 63 betlar).
Kampiyuter texnalogiyalari yordamida har xil mavzuga tegishli bo’lgan anematsion rasmlarni, slaydlarni, video roliklarni, vertualni laboratoriya ishlarini, tasavvur qilish qiyin bo’lgan diagrammalar va rasmlarni o’quvchilarga oson tushuntirish uchun xizmat qiladi.
Xar qanday mavzuni o’qitishda laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar munosib o’rin tutadi. Chunki bu ikki mashg’ulot olingan nazariy mashg’ulotlarni puxta o’zlashtirishda muxim sanaladi24 [22. (7 – 15)].
Endi biz “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’tish jarayonida kampiyuter texnalogiyasi yordamida ko’rsatiladigan ma’lumotlarga qisqacha nazar tashlab o’tsak.
Cheksiz to’g’ri tokli o’tkazgich magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligining masofaga bog’liq ravishda o’zgarish diagrammasini ko’rib o’tsak.
Bizga ma’lumki cheksiz to’g’ri o’tkazagichning magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligi quyidagi ifodalardan topiladi.