O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə10/16
tarix12.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#128993
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
541a7aa63d641

B H
bo‘ladi. Xalqaro birliklar sistemasi XBSda magnit

kuchlanganlik va induksiya turli birliklarda o‘lchangani uchun ularning bog‘lanishi

bo‘shliqda quyidagicha yoziladi:
B   H . Bog‘langan zaryadlar erkin


0
zaryadlarning maydoni H ta’sirida magnitlanib, qo‘shimcha magnit maydon hosil qiladi (buni birinchi bo‘lib Amper o‘rgangan edi), va maydon induksiyasiga hissa qo‘shadi. Bog‘langan zaryadlar maydoni ko‘p hollarda H ga mutanosib bo‘lib,
to‘liq maydonni quyidagicha yozish mumkin:
B  0 H . (2.1)
Birliksiz parametr  - muhitning magnit singdiruvchanligi deb ataladi. Chiziqli bog‘lanish bo‘lmaydigan hollar ferromagnitizm o‘rganilayotganda alohida ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchi gurux esa mos ravishda ikkinchi matnni qo’lga kiritadi.

Jan – Batist Bio 177 – yilning 21 – aprelida Parijda tug‘ilgan. U buyuk fransuz olimi, mutaffakir, fizik, geodezist va astronom, shu bilan bir qatorda Parij fanlar Akademiyasi a’zosi.
Jan – Batist Bio Buyuk Lyudovik litseyni tugallab 19 yoshida harbiy hizmatga chaqirilgan va Shimoliy armiya
tarkibida zobit bo‘lib harakat qilgan. 1794 – yil sentyabr oyida Konvent tomonidan Politexnik maktab ochilishi to‘g‘risida qonun qabul qilinganligi munosabati bilan mazkur o‘quv muassasiga o‘qishga kiradi. Mazkur o‘quv muassasini boshqarish taniqli geometr Monj ga topshirilgan edi. Darvoqe ushbu maktabni muvofaqiyatli tomomlagandan so‘ng Batist Bove shahridagi Markazi maktab professori lavozimiga tayinlandi. 1800 – yilda Kollej de Frans dagi matematika fizika kafedrasini mudiri sifatida tayinlandi va mazkur institutning matematika bo‘limi muxbir a’zoligiga saylandi; uch yildan so‘ng mazkur ilmiy dargohning haqiqiy a’zosi ham bo‘ldi. Ushbu saylanishga asos bo‘lib uning 13 jildli ilmiy risolasi va 2 ta ilmiy maqolasi ko‘rsatildi.
1804 – yilning avgust oyida Bio Gey – Lyussaak bilan birga havo sharida ko‘tarildi, darvoqe ular 3400 metr balandlikka erishishdi. Keyingi yilda u Dekandol va Bonplan bilan Alp tog‘iga sayohat qildi, 1806 – yilda esa Qirollik geografik jamiyatiga a’zo ham bo‘ldi. Bio o‘sha davrdagi yosh olim Argo bilan Ispaniyaga tashrif qildi. Tashrifdan maqsad Fransiyadan va Balears orollaridan o‘tuvchi geografik kenglik uzunligini aniqlash edi. Bu ish juda mushkul kechdi. Ular to‘g‘risida Argo o‘zining qiziqarli kitobi «Histoire de jeunesse»da hikoya qiladi. Argo qismatiga katta qiyinchiliklar tushdi, Bio esa 1807 – yilda Fransiyaga qaytib keldi.
1808 va 1809 – yillar mobaynida u Bordo va Dyunkerkdagi sekundli mayatnikning uzunligini aniqladi. 1817 – yili u Shotlandiyaga sayohat uyushtirdi va Shatland orollarida bo‘ldi, 1824 va 1825 – yillarda Italiya, Sitsiliya, Formentu va Barselonaga geodezik o‘lchashlar maqsadida bordi.
Endi Bioning fizikada qilgan ishlariga to‘htasak. Bio optika sohasida ancha sermahsul ishladi. U turmalin kiristalini yorug‘lik nurini ikki qismga ajrata olish qobiliyatini kashf qildi. Qutublanish tekisligini aylanish qonunlarini aniqladi. Bu kashfiyotlar keyinchalik qandli moddalarni kashf etilishida qo‘llanildi. Qutublanish tekisligini aylanishi tibbiyot sohasida ham qandli diabet kasalligini aniqlashda ham tatbiq etildi. Bio o‘z hamkasbi Savar bilan tokli o‘tkazgichning magnit strelkasiga ta’sirini o‘rganar ekan xozirda mashhur Bio – Savar – Laplas qonunini ochilishiga zamin yaratdi. Bioning fizika sohasida qilgan barcha ilmiy izlanishlari o‘ta chuqur o‘ylanganligi, aniqligi va estetik jihatlari bilan odamni o‘ziga rom etadi.
Feliks Savar (1791-1841). Dastavval 1816 – yilda Strasburg shahrida shifokor bo‘lib faoliyat qildi, keyinchalik Parijdagi bir hususiy o‘quv muassasida o‘qituvchilik qildi va nihoyat Kollej de Frans da fizika kabineti konservatori bo‘ldi. Aynan o‘sha yerda u Bio bilan tanishgach, u bilan birga ilmiy hamkorlik qiladi. Uning dastlabki ilmiy ishlari trubalardagi
turg‘un to‘lqinlarni tugunlari va funksiyalarini aniqlashga ta’luqli edi. Xozirda bu tajribalar barcha fizika o‘quv kitoblarida keltirilgan. Ularni aytib sanab o‘tishga hojat yo‘q. Musiqali va cholg’u asboblarining tovushini yaxshilash uchun u alohida izlanish qildi. Nazariy va amaliy tadqiqotlar usunida u skripkaga o‘ziga hos shakl berdi va skripka ajoyib tovush chiqara boshladi. Darvoqe u eshitish chegarasiga oid qator tajribalar ham o‘tkazdi. Aynan Savar shunday hulosaga keldiki sekundiga 30000 tebranishlarni barcha eshitishi mumkin ekan; 33000 tebranishlarni esa ko‘pchilik eshita olmas ekan; 16000 tebranishlarni mutlaqo xech kim eshita olmaydi. Eshitishni yuqori chegarasini Savar sekundiga 96000 deb xisoblagan ekan. Quyi chegarasini 14 – 16 tebranishlar. Savar Bio bilan birgalikda elektr tokining magnit maydon bilan o‘zaro ta’sirini ham tekshirgan; ushbu samaraliy hamkorlik natijasida bizga hozir ma’lum bo‘lgan Bio Savar Laplas qonunin kashf qilindi. Savar fanda uncha katta iz
qoldirmagan bo‘lsada uning sermahsul ilmiy izlanishlari hozirda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Per Simon Laplas (1749 – 1827). U buyuk ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri. Laplas ham Bio va Savar kabi Parij Politexnika maktabini yorqin nomoyondalaridan biri bo’lgan. Laplasni ortiqcha tanishtirib o‘tirish shart emas. Bu nom butun matematika va fizikani qamrab olgan. Laplas «osmon mexanikasining otasi». Uning olamshumul tadqiqotlari
barchaga ma’lum. Ayrimlarini eslatib o‘taylik. 5 jildlik ilmiy risola «Osmon mexanikasi traktati» (1798 – 1825). Mazkur risolada kuchlarni qo‘shish va yoyish amallari keltirilgan. Aynan Laplas nazariy mexanikaga virtual ish, virtual (mumkin bo‘lgan) ko‘chish tushunchalarni kiritdi. Bundan tashqari Laplas reaksiya (passiv) kuchlarini ham kiritdi. Matematik fizikada u matematik analizda ancha jiddiy natijalar oldi: Laplas operatori, Laplas tenglamasi v.k. Uning eng yirik ilmiy asari
«Olam tizimining negizi» (1796) xozirda ham odamda katta qiziqish uyg‘otadi. Laplas matematik sifatida faoliyat yurguzgan. Aynan Bio va Savar olgan natijalarni o‘rganar ekan, ularni matematik qofiyaga keltirdi, ya’ni doimiy tokli o‘tkazgich o‘z atrofida magnit maydonini hosil qiladi deb quyidagi qonuniyatga
asos soldi.



Β r
  0
d r r r0  0
 dr  e r, r



2

(2.2).






3
0 4
r  r0
4
r  r0



Uchinchi gurux ham mos ravishda uchinchi matnni qo’lga kiritadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin