Tajriba bilishning asosi va har qanday nazariyaning haqiqatga to‘g‘ri kelishini tajriba tasdiqlaydi. Shu ma’noda mazkur tadqiqot ishining asosiy holatlarini amaliyotda tekshirish maqsadida tajriba-sinov ishlari bir necha bosqichda amalga oshirildi.
Tajriba – sinov ishlarini o‘tkazishdan oldin quyidagi vazifalar belgilandi:
talabalarda elektromagnetizm bo’limi hamda “Bio – Savar – Laplas” qonuni haqida bilimlarining shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan topshiriqlar tizimini sinab ko‘rish;
topshiriqlar tizimini aniqlashtirish va to‘ldirish, ulardan o‘quv jarayonida foydalanish uchun metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish;
topshiriqlar tizimi asosida shakllantiruvchi tajriba – sinov ishlarini o‘tkazish;
shakllantiruvchi tajriba – sinov natijalarini sifat va miqdoriy jihatdan baholashni amalga oshirish.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun kuzatish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish, tajriba – sinov, ularni tahlil qilish va umumlashtirish kabi tadqiqot metodlari qo‘llanildi.
Tadqiqot ishining asosiy holatlarini tajriba – sinovdan o‘tkazish bir necha bosqichda, 2012 – 2014 yillar mobaynida olib borildi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda elektromagnetizm bo’limi to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarni shakllantirish muammosini hal qilish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) «Fizika va astronomiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi guruhlarida tajriba – sinov ishlari o‘tkazildi.
Birinchi bosqich (2012 – 2013 yy.) ning asosiy maqsadi sifatida tadqiqot sohasiga oid adabiyotlar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, ilmiy, ilmiy – uslubiy jurnallardagi hamda ilmiy to‘plamlardagi tadqiqot muammosiga oid maqolalar tanqidiy o‘rganildi. Anjumanlar, konferensiyalar, simpoziumlar materiallari
o‘rganildi va respublikamizdagi soha holati bilan qiyosiy solishtirildi. Bu izlanishlar natijasida oliy ta’limda “Elektromagnetizm” bo‘limi mazmuni, uni samarali o‘zlashtirishga qaratilgan metodik taklif – tavsiyalar, o‘qitish metodikasi shakllantirildi. Tanlangan muammo sifatida pedagogika oliy ta’lim muassasalari
«Fizika va astronomiya» bakalavriat yo‘nalishidagi holatni o‘rganish, talabalarda elektromagnetizm bo’limi hamda Bio – Savar – Laplas qonuni to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Buning uchun talabalarning elektromagnetizm bo’limiga tegishli bo’lgan Bio – Savar – Laplas qonuning nazariy va amaliy mashg‘ulotlardagi faoliyatlari o‘rganildi. Fizika ta’limining umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat dasturlari rejasi tahlil qilindi. Bakalavriat bosqichida umumiy fizika hamda fizika o‘qitish metodikasi bo‘yicha darslar kuzatildi. Talabalarning elektromagnetizm bo’limi to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarining shakllanganlik darajasi tekshirildi.
Ma’lumki, har bir ishda tashhisning to‘g‘ri qo‘yilishi keyingi ishlarning samaradorligini belgilaydi. Shu boisdan talabalarda Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi to‘g‘risidagi bilim, tasavvur va ko‘nikmalar shakllanganlik darajasining dastlabki holatini aniqlashga alohida ahamiyat berildi. Talabalar bilan anketa so‘rovnomalari o‘tkazildi. Javoblar tahlili natijalariga ko‘ra talabalarning ko‘pchiligida (70 – 80 %) Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarning shakllanganligi yetarli darajada emasligi aniqlandi.
Tajriba – sinov ishlarining ikkinchi bosqichida (2013 – 2014 y.y.)
«Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixini” o‘qitishning metodik asoslari takomillashtirildi. Ular asosida dastlabki pedagogik tajriba – sinov ishlari o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda mavzuning mazmuni va uni o‘qitish metodikasi boyitib borildi. Talabalarda Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarining dastlabki holati aniqlandi va ularni shakllantirish imkoniyatlari izlandi. Shu maqsadda ilg‘or pedagogik tajribalar
o‘rganildi va umumlashtirildi. Tajribaning boshlanishida o‘zlashtirish darajalari bir
biriga yaqin bo‘lgan talabalar guruhlari ishtirok etishdi.
Dastlabki so‘rov natijalari asosida talabalarning Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarining shakllanganlik darajasini oshirish lozim degan xulosaga kelindi.
Ikkinchi bosqichning o’zida pedagogik tajriba-sinov ishlari metodologik va didaktik talablar asosida o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish bo‘lib, bu maqsadda matematik statistikaning χ2 – xi kvadrat mezonidan foydalanildi.
Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi bo‘yicha bilim va tasavvurlarning shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida 2012 – 2013 yillarda Nizomiy nomidagi TDPU «Fizika va astronomiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi guruhlarida tajriba – sinov ishlarining birinchi bosqichi o‘tkazildi. Tajriba o‘tkazish jarayonida Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi to‘g‘risidagi bilimlar, tasavvurlar, tabiiy jarayonlarda ularning o‘rni kabi umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari fizika fani mazmunidagi bilim va tasavvurlarning shakllanganligiga hamda talabalarning ularni tushuntira olishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tajriba – sinov ishlarining bu bosqichini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixiga tegishli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni kuzatish hamda ularni talabalar bilim va tasavvurlarini shakllantirishi nuqtai – nazaridan tahlil qilish;
talabalar bilan so‘rovnoma o‘tkazish, suhbat olib borish.
So‘rovnoma va suhbat asosida talabalarning umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari fizika kursida Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi bo‘yicha olgan bilim va tasavvurlari topshiriqlar asosida tekshirildi.
Mashg‘ulotlarni kuzatish jarayonida ularning Bio – Savar – laplas qonunining yaratilish tarixi to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanganlik darajasiga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, muammo bo‘yicha quyidagi test savollari ishlab chiqildi va dastlabki ma’lumotlarni olish uchun talabalarga taklif qilindi. Quyida bu test savollari keltirilgan:
Test savollari.
Jan – Batist Bio qachon va qayerda tug’ilgan?
1774 – yil Londonda.
1774 – yil Parijda.
1775 – yil Londonda.
1775 – yil parijda.
Cheksiz to’g’ri o’tkazgichning r masofadagi magnit maydon induksiyasi qaysi ifoda orqali topiladi?