Umuman olganda vosita deganda qandaydir bir harakatni yuzaga keltirish uchun kerak bo’ladigan jism yoki ularning to’plami tushiniladi. O’qitishning maqsadiga yetish uchun, o’qituvchi bilan talabalarning birgalikdagi harakatini ishga oshirishda qo’llaniluvchi asboblar va tuzilmalar, ayrim ma’lumot beruvchi materiallar o’qitish vositalari deyiladi. Umuman, o’qitish vositalariga o’quv yurtining binosi hamda undagi jihozlar, xonalar, o’quv xujjatlari, o’quv qurollari, turli aparaturalar, kampiyuterlar, internet va boshqalar kiradi.
Umuman olganda “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishda samaradorlikni oshirish uchun o’qitishning quyidagi vositalaridan foydalanish mumkin:
O’qituvchining so’zi va turli ish harakatlari.
Fizika bo’yicha o’quv adabiyotlari va boshqa o’quv qo’llanmalar.
Tabiatning mavjud obyektlari (Quyosh, Yer, Oy, yulduzlar, minerallar, mashinaning turli qismlari, havo, suv, qattiq jismlar, narsalar, hodisalar va boshqalar).
Harakat qiluvchi modellar (mashinalar, mexanizmlar va aparatlarning modellari).
Texnik qurilmalarning maketlari.
O’quv eksperimentini bajarishga kerakli fizik qurollar.
Grafik vositalar (rasm, chizma, sxema va boshqalar).
Texnik vositalar ( diapozitiv, diafilm, kinofilm, kompiyuter va boshqalar).
O’qitish vositalari quyidagi didaktik funktsiyalarni bajaradi.
O’qib o’rganiladigan predmetlarni va hodisalarni talabalarga tushintirish.
Fizik hodisalarni o’qib – o’rganish imkoniyatlarini oshirish.
Fizik asboblar va qurilmalarning ishlash printsipi asosida, hodisalarning yuz berish mexanizmini yaqqol ko’rsatish.
Turli fizik hodisalarni, qonuniyatlarni, bog’lanishlarni sabab – oqibat bog’liqlikda ekanligini tajribada isbotlash.
Ko’rgazmali materiallarni yaratish bilan, talabalarning fikrlashini yanada o’stirish.
O’qitishning turli bosqichlarida olingan nazariy bilimlarni, amaliy va bilish maqsadidagi masalalarni hal qilishda qo’llash.
O’qitish vositalari, talabalarning o’quv faoliyatini oshirishda o’ziga hos axamiyatga ega.
Jumladan:
talabalarning bilishga qiziqishlarini maksimal rivojlantirishga va bilim olishga bo’lgan talabini qondirishga yordam beradi;
o’quv jarayonining ko’rgazmaliligini oshiriladi va o’quv material talablari tushinarli darajada yetkaziladi;
talabalarning mexnat unumdorligini o’stiradi va natijada o’quv materialining o’zlashtirish darajasini oshiradi;
dars paytida talabalarning mustaqil ishlash mazmuni chuqurlashdi va o’rganadigan materialning hajmi ortadi.
O’qitish vositalari, o’qituvchining ish faoliyatining samaradorlini oshirishga ham imkon beradi. O’qitish vositalaridan o’z vaqtida va o’z o’rnida foydalanish, o’qituvchining ishini anchagina yengillashtiradi. O’z vaqtida va ozgina harakat bilan o’qitishning yuqori natijasiga erishish mumkin.
Shu bilan bir qatorda, o’qitish vositasi qatori, o’quv adabiyotlari bilan ishlash ham katta axamiyat kasb etadi. Shuning uchun, fizika o’qituvchisining asosiy vazifalaridan biri, talabalarni o’quv adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatishdir.
Umuman olganda “Bio – Savar – Laplas” qonunini o’qitishda samaradorlikni oshirish uchun quyidagi ko’rgazmali vositalardan foydalanish mumkin.