O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə12/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi





    1. asrning 90 yillarigacha O’zbekiston davlati Sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan, shuning uchun geografiya ta’limining ushbu davrda rivojlanishi ma’lum bir ma’muriy va siyosiy qoliplarda olib borilgan. Mazkur davrda geografiya ta’limining rivojlanishi O.Mo’minov (1986 y) tomonidan to’la va har tomonlama o’rganilgan va quyidagicha davrlarga ajratilgan: geografiya ta’limini tashkil qilish davri; geografiya ta’limining tartibga solish davri; geografiya ta’limini hayot bilan bog’lanish davri; geografiya ta’limini takomillashuvi davri.

O’zbekistonda geografiya ta’limini tashkil etish davri (1918-1934 yil). Ushbu davrning boshlarida geografiya ta’limida yagona o’quv dasturi mavjud bo’lmagan, har maktab, tuman va shahar o’zining o’quv dasturini ishlab chiqar edi. Masalan, 1920 yili Toshkent eski shahar ma’orif bo’limi tomonidan mahalliy sharoitni xisobga olgan xolda birinchi bosqich maktablari uchun geografiya fanidan o’quv dasturini nashrdan chiqardi. Dastlabki umumdavlat o’quv dasturi geografiya predmeti bo’yicha D.N.Anuchin rahbarligida A.A.Borzov va
S.V.Chefranov ishlab chiqildi. Mazkur o’quv dasturi asosida Turkiston xalq ma’orif komissariyati geografiya fanidan o’quv dasturini ishlab chiqdi. 1923-1924 yillardan boshlab mehnat maktablari uchun kompleks dasturlar ishlab chiqildi. 1925-1930 yillarda “O’zbekiston sho’rolar jumhuriyatining birlik asosidagi mehnat maktablari uchun dastur”, “Birinchi va ikkinchi bosqich maktablari uchun dastur”, “Ikkinchi bosqich maktablari uchun jug’rofiya dasturi” va “O’zbekiston birinchi bosqich maktablarining dasturlari” kabi bir necha kompleks dasturlar nashr etildi. 1934 yil 5 sentyabrda “Boshlang’ich va o’rta maktablar to’g’risida” davlat qarori chiqdi. Mazkur qaror maktab geografiyasini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu dasturlarda o’lkashunoslikni o’rganishga katta ahamiyat berilgan. Ammo mazkur dasturlarning salbiy tomoni mavjud bo’lib, dasterga muvofiq barcha tabiiy geografik kurslar 5-sinfdan, iqtisodiy geografiya kurslari esa 6-7 sinflarda o’rganilar edi. Bu esa geografiya kurslari mazmunini juda ham
qisqarishiga olib keldi.
1935 yil 25 avgustda “Boshlang’ich va o’rta maktablarni dasturlari va o’quv rejalari” haqida yangi qaror chiqdi. Ushbu qarorda mavjud dasturlar juda murakkab bo’lib ketganligi qattiq tanqid ostiga olindi. Natijada dasturlardan ortiqcha materialllar olib tashlandi. Shundan so’ng geografiya dasturlari qaytadan ishlab chiqildi. Geografiya predmetlarini soatlari ko’paydi. Iqtisodiy geografiya kurslari 1,5 yil o’tiladigan bo’ldi. Maktablarda o’quv ishlarini tashkil qilish bo’yicha ham ko’rsatmalar berildi: dars o’quv mashg’ulotlarining asosiy va muhim sharti sifatida qaytadan tiklandi. Ushbu davrda geografiya ta’limini asosiy shartlaridan biri bo’lgan darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo’yicha sezilarli ishlar qilindi. Mazkur davrda nashr qilingan darslik va o’quv qo’llanmalarni O.Mo’minov (1986 y) quyidagi qismga bo’ladi:

  • rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan darsliklar. Bunday darsliklarga “Boshlanma geografiya” (A.Kruber va boshqalar darsligining tarjimasi), “Turkiston”, “Boshlang’ich jug’rofiya saboqligi” (G.I.Ivanov) va boshqalar. Mazkur davrda nemis olimi A.Geykining “Tabiiy jug’rofiya” darsligi (1925 y);

  • rus tilidan erkin tarjima qilingan darsliklar: “Boshlang’ich jug’rofiya” (G.I.Ivanov);

  • O’zbekistonda nashr qilingan darsliklar: “O’zbekiston va unga qo’shni jumhuriyatlar hamda viloyatlar” (N.Balashov, 1925 y), “Jug’rofiya” (N.P.Ar xangelskiy, 1933 y), “O’zbekiston sotsalistik sho’rolar jo’g’rofiyasi ”(L.Obizov, 1934 y) va b.lar.

Geografiya ta’limi sohasida ishlar juda kam bajarilgan. Faqat 1933 yilda nashr qilingan. N.I.Leonovning “Jug’rofiya metodikasi bo’yicha ocherklar” metodik qo’llanmasi mavjud edi. Bundan tashqari mazkur davrda ma’orif sohasida qator ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi, ularda geografiya ta’limi bo’yicha ma’lumotlar muntazam berib turilgan: “Maorif” (1918 yildan), “ Maorif va o’qituvchi” (1925 yil) jurnallari, “Madaniy inqilob”- “O’qituvchilar gazetasi” 1931 yildan nashr qilina boshlandi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin