O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə46/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:


  • harita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga amal qilish.

Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.


    1. Tabiatshunoslik


Tabiatshunoslik fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan fanning tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.


Tabiatshunoslik fanida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.

Tabiatshunoslik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi


o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolar haqida tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Tabiatshunoslik fanini o‘qitishning asosiy vazifalari-


o‘quvchilarda tabiatga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini
shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslik fanini o‘rganishning birinchi davri I va II sinflarda Atrofimizdagi olam fanida Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, III-IV sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida boshlang‘ich tavsiflar beriladi.
Zamon talablari asosida xalqaro masshtabida o‘quvchilarga ta’lim -tarbiya berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda ham fanlararo integratsiyaga alohida e’tibor qaratish zarur. O‘qish, matematika, texnologiya va tasviriy san’at fanlari bilan o‘zaro bog‘liklikda o’qitish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi dars samaradorligining oshishiga va o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tabiatshunoslik o’quv fanini o’rganish jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin