O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə48/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLARI

  1. Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari dasturlarini tahlil qiling.

  2. Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik darsliklarining tuzilishini o’rganib chiqing.

  3. Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari darsliklarining metodik jihozlanishini tahlil qiling va o’rtog’ingiz bilan fikr almashing.

  4. Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari kompetensiyalariga xos jihatlarni ajrating.

  5. Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari yuzasidan VENN diagrammasi tuzing.



X BOB. TABIIY GEOGRAFIYA KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI


Umumiy o’rta ta’lim maktablarida oq’itiladigan tabiiy geografiya fanlar tizimi “Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi”, “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”, “O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” kabi o’quv fanlarini o’z ichiga oladi.


10.1 . Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi o’qitiladi. Ushbu fanidan ta’lim berish uning ilm-fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari, ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.


Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi ta’limida o‘rganiladigan tabiiy, ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarningyosh psixologikxususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:o‘quvchilarda tabiiy jarayon va hodisalar, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish va uni asrash haqida tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

    • Geografiya fani va uning rivojlanishi, Yer sayyorasi, joy plani va geografik haritalar, geografik qobiqlar, inson va tabiat haqidagi tizimli va majmuali bilimlarni tarkib toptirish;

    • joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

    • hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;

    • turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt hamda hodisalarni tavsiflash, geografik haritalar, statistik va grafik tavsiflar bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirish;

    • geografik bilimlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish;

    • o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftihor, fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash.

Geografiya o‘quv fanini o‘rganishning birinchi davri 1- va 2-sinflarda Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat hodisalari, mamlakatimiz tabiati haqida boshlang‘ich tavsiflar beriladi. Fanni o‘rganishning ikkinchi davri umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanib, o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika, biologiya, kimyo, matematika fanlarida o‘rganiladigan mavzularga zamin yaratadi.
Tabiiy geografiyaning o’rganish obyekti geografik qobiq (epigeosfera)dir. Geografik qobiq bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan yer po’sti, atmosferaning quyi qatlamlari, okean va materik suvlari, tuproqlar, o’simliklar hamda hayvonlardan tarkib topgan. Geografik qobiqning ayrim tarkibiy qismlari, uchastkalari yoki komponentlarini o’rganish bilan tabiiy geografiyaga yaqin va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan fanlargeologiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, tuproqshunoslik, biogeografiya shug’ullanadi. Geografik qobiq-bir butun tizim sifatida, uning tuzilishi, rivojlanishi va o’ziga xos xususiyatlari hamda asosiy qonuniyatlari tabiiy geografiyaning umumiy yer bilimi deb ataluvchi bo’limida o’rganiladi. Geografik qobiqni tahlil qilish uning bir butunligini, uni tashkil etuvchi komponentlarning hamda unda ro’y beruvchi tabiiy jarayonlarning o’zaro aloqadorligi va bir-biriga bog’liqligini ko’rsatadi. Biroq geografik qobiq bir butunligi bilan birga, makonda, ya’ni bir joydan ikkinchi joyga farq qilishi bilan ham harakterlidir.
Geografik qobiqning umumiy qoniniyatlari umumiy o’rta ta’lim maktablarida 5-sinf Tabiiy geografiya boshlang’ich kursida o’qitiladi.

      1. sinf “Geografiya” o‘quv kursida Quyosh, Oy va yulduzlar, Yer sayyorasi, uning shakli va o‘lchamlari, o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi, ularning sayyoramiz tabiati va insoniyat hayotiga ta’siri, joy plani va geografik haritalarning masshtabi, geografik koordinatalar, Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera) qobiqlari va ularni tashkil euvchi tabiiy obyektlarning eng muhim xususiyatlari, inson va tabiiy muhit

o‘rtasidagi munosabatlar va ekologik muammolar to‘g‘risida tavsiflar beriladi hamda amaliyotda qo’llash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin