Sababvaoqibatlar- geografik voqea va hodisalar orasidagi sabab va oqibatlarni aks etiradi.
Tabiiy geografiya kurslarda quyidagi sabab va oqibatlar ochib beriladi: relьf, iqlim, quruqlik suvlari, dunyo okeani, tuproqlar.Relьf yerning ichki va tashqi kuchlarini oqibati deb qaraladi. Tabiiy – geografik komplekslar ham sabab va oqibatlarni ochib berish tufayli ajratiladi.
Iqtisodiy geografiyakurslarida sabab va oqibatlarni quyidagi turlari ochib beriladi: Ijtimoiy- iqtisodiy tuzum va xo’jalik o’rtasidagi: davlatning tarixiy rivojlanishi va xo’jaligining hozirgi xususiyatlari o’rtasidagi: davlat riivojlanishi bilan uning iqtisodiy geografik joylanishi o’rtasidagi tabiiy sharoit va xo’jalikning tuzulishi o’rtasidagi.
Qonunyatlar-geografik borliq (obyekt), xodisa, jarayonlar o’rtasida eng muhim va nisbatan mustahkam aloqa va bog’liqlarni aks etiradi. Tabiiy geografiyada quyidagi qonunyatlar ochib beriladi: bir butunlik, moddalarning aylama harakati, davriylik, zonallik, hamda ayrim tabiat tarkiblarni vujudga kelish qonunyatlari (iqlim , relьfi).
Nazariya- Bu kishilar ilmiy faoliyatini umumlashmasidir.Nazariya tabiat yoki jamiyatning ayrim qismlarini rivojlanish qonunyatlarni aks etidiradi. Masalan, tabiiy geografik rayonlashtirish nazariyasi iqtisodiy geografik rivojlantirish nazariyasi.TTK nazariyasi x.k.
Emprikbilimlar-tasavvur- geografik borliqning (obyektning) xayoliy (xissiy) tasviri, shakli. Tasavvurlar xayoliy va aniq turlarga bo’linadi. Aniq tasavvur voqea va xodisalarni bevosita ko’rish orqali paydo bo’ladi. Xayoliy tasavvur esa, ma’lum bir xodisalarni va sharoitni bayonini yoki ta’rifini o’qish orqali paydo bo’ladi.
Dalillar- maktab geografiyasi mazmunida ko’proq obyektning o’lchamlari, yog’inlar, havo, suv sarfi, iqtisodiy dalillar uchraydi.
Ko’nikmalar- bu faoliyat usullari. Bu usullar orqali o’quvchilar olgan bilimlarini amalda qo’llashadi.Ko’nikmalarni qo’llash har safar o’ylashni talab qiladi, shuning uchun ko’nikmaga avtomatizim xos emas.