O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografiyadan o’quv dasturlari tahlili



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə39/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiyadan o’quv dasturlari tahlili


Maktablarda o’qitilgan har bir o’quv fanining mazmuni o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan bilimlar, o’zlashtirishi kerak bo’lgan o’quv ko’nikmalar, malakalar yig’indisini ifoda qiluvchi xujjat – o’quv dasturi hisoblanadi. Unda o’quv fanini o’qitishdan maqsad, vazifalar, o’quvchilar o’zlashtirish kerak bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar kompleksi o’z ifodasini topadi.


Geografiya kursining o’quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda geografiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o’quv fanlardan tashkil topganligi ana shu o’quv fanlar mazmunidagi o’zgarishlar qisqacha bayon etilgan. Xususan, Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi V- sinfda, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi VI-sinfda, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi VII sinfda, O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi VIII- sinfda, Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi IX-sinfda, Amaliy geografiya o’quv fani X- sinf va akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitilishi qayd qilingan. Geografiya kursining o’qitishga oid metodik ko’rsatmalarda “darsda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy g’oyalar, tushunchalarning o’quvchilar tomonidan puxta va ongli o’zlashtirilishiga
e’tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan.
O’quv dasturidan ko’zlangan yana bir maqsad ta’lim bilan tarbiyaning uyg’unligini amalga oshirishdan iborat. Geografiya o’qitishda o’qitiladigan mavzular mazmuni bilan uzviy bog’liq holda, o’quvchilarning axloqiy,
vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat berish lozimligi ta’kidlangan.
Geografik o’quv mavzularga o’quvchilarning qiziquvchanligini oshirish uchun geografik harita, tabiiy-tasviriy, dinamik, jadval, sxematik ko’rgazmali va audio, video vositalardan ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va o’quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.
O’quv dasturida Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi o’quv fani uchun 34 soat (haftasiga 1 soat), Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’qub fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Amaliy geografiya o’quv fani uchun 34 soat (akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 40 soat, haftasiga 1 soat) vaqt ajratilganligi ta’kidlanadi.
O’quv dasturida har bir o’quv fani bo’yicha o’qitiladigan asosiy mavzular mazmuni, ularni o’tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O’quv dasturida ana shu mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o’qitish kerakligi haqida ham ma’lumotalr berilgan.
Masalan, maktab Tabiiy geografiya boshlang’ich kursida geografiya nimani o‘rganadi?, geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi, Yer - quyosh tizimsidagi sayyora, joy plani va geografik haritalar, yerning qattiq qobig‘i – litosfera, yerning suv qobig‘i – gidrosfera, yerning havo qobig‘i – atmosfera , biosfera, inson va tabiat kabi asosiy mavzular o’tiladi ( 4-jadval).

      1. jadval

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin