O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Maktab geografiyasi mazmuning tarkibiy qismlari



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə41/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Maktab geografiyasi mazmuning tarkibiy qismlari.


Maktab geografiyasining mazmuni bilim, ko’nikma va dunyoqarash g’oyalarini o’z ichiga oladi.


Bilim- tashqi dunyoni, obyektiv borliqni ongimizda aks-etishini yozma va og’zaki shakli. Bilimlar nazariy va emprik bilimlarga bo’linadi. Nazariy bilimlar narsa va xodisalarni mohiyatini, ular orasidagi bog’liqlik va aloqalarni aks etdiradi. Nazariy bilimlar – bu umumlashgan bilimlardir, ularga nazariyalar, qonunlar, qonuniyatlar, sabab va oqibatlar, tushunchalar kiradi.
Empirik bilimlar – geografik borliq va hodisalarni tashqi xususiyatlarini aks etiradi. Unga tasavvur va dalillar (fakt) kiradi. Hozirgi paytda geografiyada nazariy bilimlarning salmog’i oshib bormoqda. Geografiya kurslarining hammasi umumiy tushunchalar (relyef shakllari, iqlim turlari, iqtisodiy rayonlar, mehnatni geografik taqsimlanishi, sabab va oqibatlar muhim o’rin tutadi.
Nazariy bilimlar.Tushuncha- borliqning kishi tafakkurida aks etishini bir shakli. Tushunchalar abstrakt tafakkur natijasida hosil bo’ladi. Tushuncha bilishning asosiy birligi xisoblanib umumiy va aniq tushunchalarga bo’linadi.
Umumiy tushunchalar - deganda alohida voqea va xodisalar haqida emas, balki umuiy bir xil nomga ega bo’lgan voqea va xodisalar tushuniladi. Masalan,
daryolar, tog’lar, xalq xo’jaligi tarmog’i, iqtisodiy rayon. Umumiy tushunchalarning moxiyatini aniqlanganda, hamma voqea va xodisalar uchun umuiyy bo’lgan xususiyatlar (belgilar, sifatlar) ochib beriladi. Masalan: “Geosinklinallar” deb Yer qobiqg’ining harakatchan qismlarga aytiladi. Umumiy tushunchalar geografiya kurslarining ilmiy asosini tashkil qiladi. Maktab dasturida quyidagi umumiy tushunchalari ko’rishimiz mumkin: “Quyosh radiatsiyasi”, “Havo massasi”, “Mehnat resruslari”, “Urbanizatsiya” va h.k.
Aniq tushunchalar o’zining nomiga ega bo’lgang aniq geografik borliq,hudud: Volga daryosi, Qora dengiz va h.k. Aniq tushunchalar: Afrika, Fransiya, Pomir.
Tushunchalar asosiy va bo’ysungan tushunchalarga bo’linadi. Masalan, tog’ jinslari” asosiy tushuncha “magmatik tog’ jinsi” bo’ysungan tushuncha.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin