Tabiatshunoslikkursi– tabiiy xodisalar, moddalar, yer haqida oddiy ma’lumotlarni beradi. Bu kurs quydagi bo’limlardan iborat:
Vatanimiz tabiati: joy tomonlarini aniqlash (ufq va ufq chizig’i, kompas bilan joy tomonlarini aniqlash: plan va masshtab: sinf, maktab, shahar plani, joy planini o’qish: plan va geografik harita) vatanimiz xaritasi oldida
O’zbekiston tabiatining xilma – xilligi: cho’llar (tabiati, qumli barxan, cho’l tabiatini inson tomonidan o’zlashtirish, o’simlik va xayvonlar, cho’lda kechasi, cho’l aholisining yumushlari, Qizilqumda kumushsimon o’rmon, cho’l mo’jizasi): tog’ tabiati
O’zbekiston tabiatini qo’riqlash:tabiat va insonni o’zaro ta’siri, tuproq, suv va havoni qo’riqlash, Qizil kitob, qo’riqxonalar, O’zbekiston tabiati yodgorliklari.
Tabiiy geografiya kurslario’quvchilarga geografik qobiqda sodir bo’ladigan voqea va hodisalar, ularni kelib chiqish sabablari va rivojlanish oqibatlari, Yer qobiqlari orasidagi aloqalar haqida har bir materik, okeanning tabiati, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi.
Iqtisodiyvaijtimoiygeografiya kurslari o’quvchilarga O’zbekiston va jahon iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari haqida bilimlar beradi.
Amaliy geografiya – umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfi hamda akademik litsey va kasb – xunar kollejlarining I-kursida o’tiladi. Mazukr kurs geografiya fanining amaliy tomonlarini ochib beradi.
Oliy geografiya ta’limida mutaxasislik fanlari o’rganiladi.
Yordamchi maktablarda geografiya ta’limining tuzilishi quydagi qismlardan iboart:
VI sinf – tabiiy geografiya (boshlang’ich kurs);
-VII sinf – materiklar va okeanlar geografiyasi;
VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston geografiyasi;
Yordamchi maktablardagi geografiya kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning soddalashtirilganidadir.
O’zbekiston mustaqillik erishgach Davlat ta’lim standarti ta’lim tizimimg barcha bo’g’inlari uchun ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etildi.
“Standart” so’z inglizcha bo’lib, “nusxa”, “o’lcham”, “me’yor” degan ma’nolarni anglatadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan ta’lim muassasalari uchun DTS ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi Qaroriga binoan amaliyotga joriy etildi. Unda “Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb belgilab qo’yilgan.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
DTSning davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
o’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy- ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;
umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;
umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga tayanish;
o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
DTS ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, Nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan DTS o’quv fani bo’yicha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning geografik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmunining negizini ifodalaydi. Mazkur ko’rsatkichlar umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun geografiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.
Geografiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich va talablar geografiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan davlat ta’lim standartida keltirilgan ko’rsatkich va talablar maktab geografiya ta’limi mazmunini to’liq qamrab oladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyadan tuzilgan DTSda qayd etilgan maksimal talablar asosida o’quv dasturi tayyorlanadi. O’quv dasturida o’quv fani bo’yicha o’rganiladigan bob va mavzular o’quvchilarning yoshlik va psixologik xususiyatlari, mavzular o’rtasidagi uzviylik va izchillik asosida mantiqiy bir tizimga keltirilgan holda beriladi. O’quv dasturida o’rganiladigan boblar ularni o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’rsatiladi, mazkur boblar tarkibiga kiradigan mavzularning qisqacha mazmuni yoritiladi. Geografiyadan tuzilgan o’quv dasturi mazkur o’quv fanining mazmunini belgilab beradigan va bajarilishi majburiy bo’lgan me’yoriy hujjat sanaladi
2.Geografiya ta’lim standartining tarkibiy qismlari.
Geografiya ta’lim standarti geografiya ta’limining maqsad va vazifalarini yoritishdan boshlanadi. Geografiya ta’limining bosh maqsadi o’quvchi shaxsini tarbiyalashdan iborat. Geografiya ta’lim standartida geografiya ta’limining asosiy vazifalari atroflicha yoritib berilgan.
Tabiiyot va geografiya fanidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
Tayanch o’quv rejaga muvofiq Tabiiyot va geografiya fanidan o’quv sostlari quyidagicha ajratilgan (3-jadval).
jadval